uz
Internet banking

Akkreditivlar

Agar siz tovarlarning yangi ta’minotchilari bilan shartnomalar tuzish yo‘li bilan o‘z biznesingizni kengaytirmoqchi bo‘lsangiz yoki xorijiy davlatlardagi xaridorlar bilan yangi savdo shartnomalari tuzish yo‘li bilan ishlab chiqarilgan tovarlarning sotish hududini kengaytirishni xohlasangiz, dokumentar akkreditivlar xizmatlaridan foydalaning.

Akkreditiv — bu naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakli bo‘lib, bunda bank-emitent (va/yoki tasdiqlovchi bank) o‘z zimmasiga akkreditivda aytib o‘tilgan hujjatlar bo‘yicha akkreditiv chiqarilgan summadagi pulni sotuvchiga to‘lash majburiyatini oladi.

Hisob-kitoblarning akkreditivli shaklini qo‘llashning afzalliklari:

  • tovar uchun to‘lov faqat tovarni yuklash muddatlari, sifati va miqdoriga amal qilgan holda uni to‘g‘ri yuklanganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosidagina amalga oshirish;
  • akkreditiv shartlariga muvofiq tovarni yuklash hujjatlarini bankka taqdim qilish orqali uni amalda xaridorga yetkazib berilishini kutmasdan turib yuklangan tovar uchun to‘lovni o‘z vaqtida olish;
  • akkreditiv bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar bank xodimlari tomonidan mustaqil tarzda va puxtalik bilan tekshirilishi;
  • tashqi savdoning siyosiy, iqtisodiy va boshqa tavakkalchiliklarining (risklarining) kamayishi;
  • xaridorning tovar uchun to‘lash majburiyatidan tashqari bank-emitentning va/yoki tasdiqlovchi bankning akkreditiv shartlariga muvofiq yuklash hujjatlari bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish majburiyati ham qo‘shiladi.