uz
Internet banking

Konversiya amaliyotlari

Ipoteka-bank O’zbekistondagi valyuta bozorining yetakchi operatorlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, Ipoteka-bank eng ko‘p talabga ega bo‘lgan valyutalar bilan bajarish muddatlari TODAY, TOMORROW va SPOT bo‘lgan konversiya amaliyotlarini taklif qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasining a’zosi hamda banklararo valyuta bozorining faol ishtirokchisi bo‘lgan holda Ipoteka-bank o‘z kontragentlari va vakillik banklariga konversiya amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamdagi xizmatlarni taklif qiladi.

Ipoteka-bank o‘z ishida REUTERS — Dealing 3000 xtra axborot-diling tizimidan faol foydalanadi.

Bizning kotirovkalarimiz muntazam ravishda yangilab boriladi va ular REUTERS tizimi bo‘yicha joriy bozor sharoitlariga to‘liq mos keladi, bu o‘tkazilayotgan bitimlar samaradorligini eng yuqori darajaga ko‘taradi.

Bank tomonidan oliy toifadagi xorijiy moliyaviy tashkilotlar va O’zbekistonning yetakchi banklari bilan hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan. Shunday qilib Bank dunyoning barcha asosiy valyutalari bilan ishlagan holda konversiya bitimlarini xalqaro valyuta bozorining eng yaxshi kotirovkalari bo‘yicha haqiqiy vaqtlar rejimida amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Biz bilan hamkorlik qilish sizni yakka tartibdagi yondashuv, moslashuvchan baholash shartlari bilan kafolatlaydi hamda valyuta va foiz tavakkalchiliklarini xejirlash imkoniyati bilan ta’minlaydi.