uz
Internet banking

Bank tariflariga kiritilgan o’zgartirishlar bo'yichа Axborot

«Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki mijozlariga

AXBOROT

«Ipoteka-bank» ATIB kassalariga naqd pullarni inkassasiya xizmati orqali olib kelinishida xarajatlar oshib ketganligi, bankdan tashqarida tashkil etilgan bank kassalari va minibanklar tomonidan ko'rsatilayotgan ayrim xizmat turlari uchun to'lovlar undirilishi mavjud emasligi mazkur kassalarning rentabellik darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatdi.

O'zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to'g’isida”gi qonunining 28-moddasiga muvofiq, bank depozit bazasini mustahkamlash, bank likvidliligini ta'minlash hamda bankning kassa tarmoqlarining daromadliligi va rentabelligi tushib ketishini oldini olish maqsadida “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruvining 2018 yil 26 dekabrdagi qaroriga asosan 2019 yil 4 yanvardan e'tiboran ayrim bank xizmatlariga komissiya (xizmat haqi) joriy etildi. Shu kunlarda bankning ayrim xizmat turlari bo'yicha ba'zi mijozlarimiz tomonidan bildirilayotgan fikrlar yuzasidan quydagilarni qayd etamiz.

Jumladan:

Xizmat turlari

To'lov miqdori

Jismoniy shaxslar tomonidan bir martalik to'lanadigan to'lovlarni amalga oshirish (byudjetga to'lovlardan tashqari) Bunda aholidan byudjetga to'lanadigan to'lovlar, kommunal to'lovlardan* (Tabiiy gaz, elektr energiyasi, sovuq suv, issiq suv va issiqlik manbai, maishiy chiqindi uchun) tashqari, shuningdek, “Ipoteka-bank” ATIB bilan shartnoma tuzmagan hizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lovlarga joriy qilinadi.

0,5 foizdan kam bo'lmagan miqdorida

Milliy valyutadagi boshqa bank plastik kartochkalaridan naqd pul mablag’larini Ipoteka-bankning terminallari orqali echilganda

Еchilgan mablag’dan 1 foiz

*Izoh:Kommunal to'lovlar deb, O'z.Res. Uy-joy kodeksining 133-moddasining 1 bandida ko'rsatilgan xizmat turlari tushuniladi. Ushbu kodeksning 132-moddasiga asosan XUJMSH xarajatlari uchun to'lovlar uy-joy fondini saqlash uchun majburiy badal hisoblanadi. Bunda majburiy badallar miqdori XUJMSH mulkdorlarining umumiy yig’ilishi tomonidan belgilanadi. Kommunal to'lovlar tarifi va mazkur xizmatlar normativlari qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadi.

Ipoteka-bank jamoasi ushbu kiritilgan o'zgarishlar bankimizning tarmog’ini yanada kengaytirishga va mijozlarimizga ko'rsatiladigan xizmatlarimizning sifatini oshirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi deb, hisoblaydi.