Ipoteka Bank OTP Group yangi “Alfraganus” bank xizmatlari markazini ishga tushirdi — qulaylik va innovatsiyalar endi oldingidan ham yaqin!
Nashr etilgan: 4 avgust, 2025
Yaqinda Toshkentda, yangi savdo markazining yuragida Ipoteka Bank OTP Group tomonidan “Alfraganus” bank xizmatlari markazi xizmatlari yo’lga qo’yildi. Bu oddiy ofis ochilishi emas, balki zamonaviy dizayn va Ipoteka Bank OTP Groupning korporativ uslubida yaratilgan qulay va ishonchli texnologiyalar orqali mijozlarga g‘amxo‘rlik qilishning yangi uslubidir.
Yangi markazning har bir elementi nozik o‘ylangan zamonaviy interyer, qulay zonalash, yuqori texnologik xizmatlarni o’z ichiga olib, moliyaviy amaliyotlarni sodda va xavfsiz bajarishga moslashtirilgan. “Alfraganus” savdo markazidagi qulay joylashuvi hudud aholisi va tadbirkorlar uchun qiyinchiliklarsiz shaxsiylashtirilgan xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu esa tashrif buyuruvchilarga vaqtni tejash hamda xarid va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar taqdim etadi.
Ipoteka Bank OTP Group Filiallar tarmog‘i direktsiyasi direktori Farhod Inoyatovning so‘zlariga ko‘ra, «Biz nafaqat tarmog‘imizni kengaytirmayapmiz, balki bank bilan mijozlar o‘rtasida qulay va texnologik muhitga asoslangan ko‘prik qurmoqdamiz. Yangi bank xizmatlari markazimiz — moliyaviy masalalar oson va tez hal bo’ladigan, har bir mijoz o‘zini muhim va tinglangan his qiladigan makon sanaladi”.
“Alfraganus” bank xizmatlari markazining ochilishi har bir mijoz uchun — xoh yakka shaxs bo‘lsin, xoh kichik biznes egasi — Ipoteka Bank OTP Group o‘zining Yevropa standartlariga mos, ammo mahalliy ehtiyojlarga moslashgan bank bo‘lish maqsadini yana bir bor tasdiqlaydi—Yangi ofis — ishonchni mustahkamlash va uzoq muddatli munosabatlar yaratishdagi yana bir qadamdir.
Yangi darajadagi bank xizmatlarini baholash uchun barchani quyidagi manzilga taklif qilamiz: Mirobod tumani, Qushko’prik ko‘chasi, 30-uy.
Biz siz uchun dushanbadan jumaga qadar, soat 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat ko’rsatamiz.