Nashr etilgan: 5 noyabr, 2025
"Ipoteka-bank" ATIB joriy yilning 17 oktabrida telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Bank ogohlantirmasdan komissiya undirganidan noroziman” sarlavhasi ostida e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
2025 yil oktabr oyida Ipoteka bankning Olmazor filiali mijozining bank kartasidan kredit to‘lovi uchun avtomatik undiruv tizimi orqali 2,5% miqdorida komissiya undirilgan.
Mazkur komissiya summasi Bankning amaldagi tariflariga to‘liq muvofiq hisoblanadi. Xususan, Bank Boshqaruvining 2025 yil 10 sentabrdagi 211-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxslarga ko’rsatiladigan chakana xizmatlar bo’yicha bank tarifi”ning 3.3-bandiga asosan (https://www.ipotekabank.uz/rates/) bank tomonidan avtomatik undiruv tizimi orqali kredit to’lovlari xizmati uchun 2,5% miqdorida komissiya undirilishi belgilangan.
Aziz mijozlar va bank xizmatlari iste’molchilari! Bank sizning murojaatlaringizga katta e’tibor bilan yondashadi. Yuzaga kelayotgan holatni to‘liq o‘rganish va aniq ma’lumot berish maqsadida, shaxsiy ma’lumotlaringizni (F.I.Sh., telefon raqam yoki filial nomi) bankning rasmiy kanallari orqali yoki info@ipotekabank.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni so’raymiz. Qabul qilingan barcha murojaatlar tegishli tartibda ko’rib chiqilib,rasmiy tarzda javob beriladi.