
№ |
Xizmat turlari |
Toʼlov miqdori |
1 |
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning korporativ kartochkasini emissiya qilish |
Uzcard kartalariga 35 000 soʼm, Humo kartalariga 10 000 soʼm |
2 |
Korporativ bank kartasidan chiqim qilish |
Bepul |
3 |
Korporativ bank kartasini STOP listga qoʼyish |
Bepul |
4 |
Korporativ bank kartasi blokka tushgan holda qayta aktivlashtirish |
Bepul |
5 |
Korporativ bank kartasidan koʼchirma berish |
Bepul |
6 |
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning korporativ kartochkasi yoʼqotilganda yoki shikastlanganda uni qayta emissiya qilish |
Uzcard kartalariga 35 000 soʼm, Humo kartalariga 10 000 soʼm |
7 |
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ kartochkalariga mablagʼlar oʼtkazilishi uchun ularning asosiy hisobvaraqlaridan kartochka hisobvaragʼiga mablagʼ koʼchirilganda |
0,5 foiz, Masofadan turib korporativ plastik kartochkalarga mablagʼlar oʼtkazilgan holatlarda 0,4 foiz |
Har bir karta egasi uchun bank maxsus bank hisobraqam ochadi. Ushbu hisobvaraqda kartochka egasi o‘z ixtiyori bo‘yicha foydalanishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari saqlanadi. Kartochka ushbu hisobvaraqdan foydalanish uchun o‘ziga xos “kalit” hisoblanadi. Kartochkasiz ushbu hisobraqam bo‘yicha birorta ham amaliyotni amalga oshirish mumkin emas.
Mikrochip — kartochka sohibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, PIN kodlar va kartochka bilan amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa ma’lumotlarni o‘zida shifrlangan ko‘rinishda saqlovchi moslama.
PIN kod — bu faqat kartochka sohibiga ma’lum bo‘lgan parollar. Ulardan kartochka Egasi karta bo‘yicha amaliyotlarni tasdiqlash uchun foydalanadi.
PIN kod — 1 dan 8 tagacha xonali raqamgacha bo‘lgan koddan iborat bo‘lishi mumkin. Bank tomonidan 4 tadan kam bo‘lmagan raqamdan tashkil topgan parollarni o‘rnatish tavsiya qilinadi. Siz o‘z ixtiyoringiz bo‘yicha PIN kodlarni o‘zgartirishingiz mumkin. Buni infokiosklar, terminallar hamda Ipoteka-bank filiallarida amalga oshirish mumkin.
Karta yo‘qolgan taqdirda nima qilish kerak?
Karta o‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan hollarda qisqa muddatda telefon orqali yoki karta yo‘qotilganligi to‘g‘risidagi ariza bilan bankka murojaat qiling.
Ehtiyotkorlik choralari
- kartani jismoniy shikastlanish (buklash, tushib ketishlar kabilar)dan ehtiyot qilish;
- kartaning plastik asosini, ayniqsa, mikrochip joylashgan joyni deformatsiyalarga duchor qilmaslik;
- kritik haroratlar ta’siriga qo‘ymaslik;
- kartaga namlik va suyuqliklar, yemiruvchi plastik va tekstolitlar tushishidan ehtiyot qilish;
- mikrochipni statik va elektr kuchlanishi ta’siridan ehtiyot qilish;
- kartochkadan faqat ko‘zlangan maqsadda foydalanish.
HumoCard kartalarinig funksionali
- Dual interfeysli kartalar (kontaktli va kontaktsiz)
- PIN kodsiz kichik summada to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati
- Noyob dizayn (embosclash, tekcturato‘rda lak bilan)
- Kartani emissiya qilishda karta dizaynida kod va rasm joylashtirish imkoniyati
- Jahon saviyasida mahsulotlar va xizmatlarni olish imkoniyati
- O‘z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda karta mahsulotlarini tanlash imkoniyati
- Mijozlarga turli qulayliklarga ega bo‘lgan transport, studentlar uchun, oilaviy va boshqa turdagi kartalar
Ipoteka-Bankning Humo kartasi – bu zamonaviy va qulaydir!
Kartaning afzalliklari
- Karta mahsulotlarining (xizmatlarini) yaratishva boshqarish tizimining moslashuvchanligi
- Bir vaqtning o‘zida Visa, Master Card va Union Pay International bilan emitent hamda ekvayer sifatida ulanish imkoniyati
- Mukammal (to‘la quvvatli) mobil banking
- Terminallar parki, plastik kartalar va protsessing tizimlarini xalqaro to‘lov tizimlari tomonidan sertifikatsiyalanishi
- Sodiqlik tizimlari bilan integratsiyalanish
- O‘z extiyojidan kelib chiqib karta mahsulotlarini (xizmatlarini) tanlash
- Bir qancha karta va hisobraqamlar uchun umumiy karta
- Bir hisobraqamga bog‘liq bo‘lgan ko‘plab kartalarni emissiya qilish
- Mijozlar uchun transportga, studentlarga mo‘ljallangan, oilaviy va boshqa turli qulayliklarga ega bo‘lgan kartalar
Ular tufayli Siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:
- savdo-xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida (terminallar mavjud bo‘lgan joylarda) vositachilik haqi olinmagan holda tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish;
- barcha turdagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish;
- avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari xizmatidan foydalanish;
- uyali va shahar telefon aloqasi hamda internet provayderlarining xizmatlari uchun to‘lash;
- boshqa istalgan tashkilotlar va korxonalarning hisobrakamlariga to‘lovni amalga oshirish;
- Ipoteka-Bank filiallarida vositachilik haqi olinmagan holda kartadan mablagni naqdlashtirish;
- Tezlik
- Savdo aktivligini rag‘batlantirish
- Marketingning yangi imkoniyatlari
- Innovatsion imidj
Karta olish uchun quyidagilar zarur:
- Bank filialida ariza shaklini to‘ldirish (pasport bo‘lishi shart);
- shartnomani imzolash.