phone Ishonch telefon raqami: (78) 150-89-55

Ma'lumot uchun: (78) 150-89-56

Visa Classic

Visa Classic
Valyuta:
USD
Depozit:
$20
Ochish uchun bank komissiyasi:
40 000 sum


Karta turlari Karta ochish uchun bank komissiyasi, sum Kartani qayta ochish uchun bank komissiyasi, sum Karta depoziti (AQSH dollarida) Kartadan naqd yechish komissiyasi (AQSH dollarida) Kartadan to'lov amalga oshirilganda olinadigan komissiya (AQSH dollarida) Kartani stop listga qo'yish, sum Kartaga SMS xizmatini yoqish, sum Ipoteka-bank ATIB terminallari orqali naqd xorijiy valyuta yechib berish

VISA Classic

40 000

40 000

20$

Yechilgan summadan 1%

To'langan summadan 1%

25 000

bepul

0,5%


Har bir xalqaro Visa karta egasi uchun bank maxsus bank hisobraqamini ochadi. Ushbu hisobvaraqda kartochka egasi o‘z ixtiyori bo‘yicha foydalanishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari saqlanadi. Kartochka ushbu hisobvaraqdan foydalanish uchun o‘ziga xos “kalit” hisoblanadi. Kartochkasiz ushbu hisobraqam bo‘yicha birorta ham amaliyotni amalga oshirish mumkin emas.

Mikrochip va magnit tasmasi  — karta egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, PIN kodlar va kartochka bilan amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa ma’lumotlarni o‘zida shifrlangan ko‘rinishda saqlovchi moslama.

PIN kodlar — bu faqat karta egasiga ma’lum bo‘lgan parol bo'lib, u karta taqdim qilinganida beriladigan pin-konvert ichida bo'ladi. Undan karta egasi karta bo‘yicha amaliyotlarni tasdiqlash uchun foydalanadi. 


PIN kod unutilganida uni qayta tiklash imkoni mavjud emas va karta qayta emissiya qilinishi lozim bo'ladi.


Karta yo‘qolgan taqdirda nima qilish kerak?

Karta o‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan hollarda qisqa muddatda telefon orqali yoki karta yo‘qotilganligi to‘g‘risidagi ariza bilan bankka murojaat qiling.

Ehtiyotkorlik choralari

  • karta va pin-konvertni jismoniy shikastlanish (buklash, tushib ketishlar kabilar)dan ehtiyot qilish;
  • kartaning plastik asosini, ayniqsa, mikrochip joylashgan joyni deformatsiyalarga duchor qilmaslik;
  • kritik haroratlar ta’siriga qo‘ymaslik;
  • karta va pin-konvertga namlik va suyuqliklar, yemiruvchi plastik va tekstolitlar tushishidan ehtiyot qilish;
  • mikrochipni statik va elektr kuchlanishi ta’siridan ehtiyot qilish;
  • kartadan faqat ko‘zlangan maqsadda foydalanish.


Ushbu xalqaro to’lov kartalari xorij mamlakatlarida keng tarqalgan. O’z sohasida standartga aylangan ushbu kartalar qulaylik va yuqori darajadagi ishonchlilikni birlashtirgan. Istalgan turdagi xaridni amalga oshirish va naqd pul yechish mumkin.

VisaClassic kartalari ko‘p vaqtlarini ishga sarflaydigan tez-tez sayohatga chiqadigan kishilar uchun juda zarurdir. Bunday karta bilan dunyoning istalgan mamlakatidagi do‘konlar, restoranlar va boshqa savdo nuqtalarida to‘lovni amalga oshirish juda qulaydir. Bundan tashqari VisaClassic kartalari yordamida Siz, masalan, mehmonxonadagi nomerga buyurtma berishingiz yoki avtomobilni ijaraga olishingiz mumkin.

Bu sayohatchilar uchun yanada dolzarbroqdir, chunki dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida tovar va xizmatlar uchun to‘lov usuli sifatida anchadan beri naqd pullarga nisbatan plastik kartochkalar afzal ko‘rilmoqda.

Butun dunyo bo‘ylab yuz minglab bankomatlar va 22 milliondan ortiq savdo nuqtalari VISA kartalarini qabul qilmoqdalar.

VISA Classic kartasini qanday olish mumkin?

Sizga kerakli kartani olish uchun:

  • Ariza shaklini to'ldiring;
  • Pasport;
  • INN;
  • Shartnomani imzolash.
On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish