Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Savdoni moliyalashtirish

Savdo operatsiyalarini kengaytirish

Batafsil

Kredit mahsulotlari

  • Bank turli sohalarda faoliyat yurituvchi korporativ mijozlarga moliyaviy yordam ko'rsatish bo'yicha uzoq muddatli tajribaga ega. Xususan, Bank, Ishlab chiqarish, qurilish va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi korporativ mijozlarni qo'llab-quvvatlash va biznesni rivojlantirish maqsadida qisqa va uzoq muddatli kreditlar taklif etadi.

  • Ipoteka-bank kreditlari korporativ mijozlarning talablariga moslashtirilgan bo'lib, ularning biznes faoliyatini davomiy rivojlanishiga qo'shimcha moliyaviy imkoniyatlar yaratish uchun mo'ljallangan. Bank moliyaviy ko'mak taqdim qilishdan tashqari, biznes loyihalaning mohiyatidan kelib chiqib, korporativ mijozlarga kompleks yechimlarni taklif qiladi.

Kredit olish uchun kerakli hujjatlar

  • Kredit olish uchun ariza
  • Biznes-reja
  • Moliyaviy hisobotlar
  • Ta’minot hujjatlari

Bank, zaruratdan kelib chiqib, boshqa hujjatlar talab qilishi mumkin.


Moliya institutlarning kredit liniyalari

  • Bank tomonidan korporativ mijozlarning turli xil sohalardagi biznes faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qator xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar Commerzbank AG, ODDO BHF, Landesbank AG, Credit Suisse AG, Raiffeisen Bank International AG, Korea Exim Banks kredit liniyalari jalb qilingan bo'lib, mijozlarning ehtiyojlariga moslashtirilgan kredit turlarini kengaytirish maqsadida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ishlari olib borilmoqda.