phone Ishonch telefon raqami: (78) 150-89-55

Ma'lumot uchun: (78) 150-89-56

Reytinglar

Reytinglar

Ipoteka-bank milliy va xalqaro reyting agentliklarining reytingiga ega. Ipoteka-bank reytingi O’zbekiston banklarining reytingi orasida eng yuqorilaridan biri hisoblanadi. 

Moody’s Investors Service
Xorijiy valyutadagi depozit reytingi
Milliy valyutadagi depozit reytingi
Reytinglar istiqboli Tasdiqlangan vaqt
B2 B1 Barqaror
2019 yil 15 mart
S&P Global Uzoq muddatli kredit reyting
Qisqa muddatli kredit reyting
Reytinglar istiqboli Tasdiqlangan vaqt
B+ B Barqaror
2019 yil 21 may
Ahbor reyting Milliy shkala bo’yicha reyting          Reyting istiqboli
Tasdiqlangan vaqt
uzA+ Barqaror
Avgust, 2018

Kredit reytingi — bu taqdim etilgan moliyaviy mablag‘larning qaytarilish ehtimolini baholashda o‘rnatilgan protsedurasiga muvofiq qarzdor yoki emitent moliya muassasining to‘lov va kredit qobiliyatiga berilgan bahodir. Reytinglar emitentlarning o‘z majburiyatlarini bajarish layoqatlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etgan holda investorlarga o‘zgarmas daromadlarga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan mablag‘lar bilan bog‘liq bo‘lgan kredit tavakkalchiliklarini tahlil qilishga yordam beradi. O’zgarmas daromadlarga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar emitentlari uchun kredit reytingining mavjudligi emissiya qilinayotgan qimmatli qog‘ozlarning yuqoriroq darajadagi likvidligini hamda amaliyotlarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni kamayishini ta’minlashi mumkin. 

Reytinglar ustidan doimiy kuzatuv olib boriladi. Bu investorlarga o‘zlarining investitsion risklarini muntazam ravishda baholab borishlariga imkon beradi. 


On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish