phone Ishonch telefon raqami: (78) 150-89-55

Ma'lumot uchun: (78) 150-89-56

«IPOTEKА-BАNK» Аksiyadorlik tijorat ipoteka banki aksiyadorlari diqqatiga!

«IPOTEKА-BАNK»
 Аksiyadorlik tijorat ipoteka banki
aksiyadorlari diqqatiga!

«Ipoteka-bank» АTIB Kuzatuv kengashi, 2019 yil 28 iyun kuni soat 1100 da, Toshkent shahri, Istiqlol koʼchasi, 9-uyda joylashgan “Ipoteka-bank” АTIB Mehnat filialining majlislar zalida bank aktsiyadorlarining navbatdagi umumiy yigʼilishi boʼlib oʼtishini maʼlum qiladi. 


1. “Ipoteka-bank” АTIB faoliyatining 2018 yil natijalari, bankni oʼrta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirish boʼyicha tasdiqlangan strategiyasi ijrosi hamda 2019 yil faoliyatining ustuvor yoʼnalishlari toʼgʼrisida bank Boshqaruvi hisobotini tasdiqlash.
2. “Ipoteka-bank” АTIB Kuzatuv kengashining 2018 yildagi faoliyati boʼyicha hisobotini tasdiqlash.
3. “Ipoteka-bank” АTIB faoliyatining 2018 yil natijalari boʼyicha Taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.
4. “Ipoteka-bank” АTIBda 2018 yil natijalari boʼyicha oʼtkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini tasdiqlash.
5. “Ipoteka-bank” АTIBning 2018 yil yakunlari boʼyicha yillik hisobotini tasdiqlash.
6. “Ipoteka-bank” АTIBning 2018 yil natijalari boʼyicha olgan sof foydasini taqsimlash.
7. “Ipoteka-bank” АTIB Kuzatuv kengashi tarkibini qayta saylash.
8. “Ipoteka-bank” АTIB Taftish komissiyasi tarkibini qayta saylash.
9. 2019 yil uchun bank biznes-rejasini, moliyaviy reja hamda koʼchmas mulk va asosiy vositalarga investitsiyalar rejasini tasdiqlash.
10. “Ipoteka-bank” АTIBning 2016-2020 yillarga moʼljallangan rivojlanish strategiyasini muddatidan ilgari tugatish va 2019-2021 yillarga moʼljallangan rivojlanish strategiyasini tasdiqlash.
11. “Ipoteka-bank” АTIB ustaviga oʼzgartishlar va qoʼshimchalar kiritishni tasdiqlash.
12. “Ipoteka-bank” АTIB aktsiyadorlari umumiy yigʼilishi toʼgʼrisidagi nizomga oʼzgartishlar kiritishni tasdiqlash.
13. “Ipoteka-bank” АTIB Kuzatuv kengashi toʼgʼrisidagi nizomga oʼzgartishlar va qoʼshimchalar kiritishni tasdiqlash.
14. “Ipoteka-bank” АTIB Kuzatuv kengashi aʼzolariga toʼlanadigan ragʼbatlantirish va kompensatsiyalar toʼgʼrisidagi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.
15. 2018 yil davomida amalga oshirilgan bankning affillangan shaxslari bilan va yirik bitimlarini tasdiqlash.
16. Bankning affillangan shaxslari bilan kelgusida tuzilishi mumkin boʼlgan bitimlarni tasdiqlash.
17. Bank Boshqaruvining affillangan shaxslar bilan va yirik bitimlarni mustaqil amalga oshirishi uchun bankning joriy xoʼjalik faoliyati bilan bogʼliq bitimlarni aniqlash hamda ularning amalga oshirilishini maʼqullash.
18. Bank balansining “koʼzda tutilmagan holatlar” hisobvaragʼida hisobi yuritilayotgan ayrim aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda hisobdan chiqarish boʼyicha bank Kuzatuv kengashi qarorini tasdiqlash.
19. “Ipoteka-bank” АTIB Boshqaruvi Raisi va aʼzolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari muddatlarini 1 yilga uzaytirishni tasdiqlash.
20. 2019 yil uchun “Ipoteka-bank” АTIB tashqi auditorini va unga toʼlanadigan xizmat haqi miqdori chegarasini tasdiqlash.
21. “Ipoteka-bank” АTIB Boshqaruvi toʼgʼrisidagi nizomning ilovasini (bankning tashkiliy tuzilmasini) yangi tahrirda tasdiqlash.

Аktsiyadorlarni navbatdagi umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestri shakllantirilgan sana: 2019 yil 29 may.
Аktsiyadorlarning navbatdagi umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aktsiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2019 yil 24 iyunь.

Yigʼilish qatnashchilarini roʼyxatga olish 2019 yil 28 iyunь, soat 1000 da boshlanib 1055 toʼxtatiladi.

Аksiyadorlar umumiy yigʼilishiga:

- aktsiyador (jismoniy shaxs) shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasporti bilan;
- aktsiyador (jismoniy shaxs) vakili – notarial tasdiqlangan ishonchnoma va pasporti bilan; 
- aktsiyador yuridik shaxs (korxona) rahbari shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasporti yoki guvohnomasi, lavozimga tayinlanganlik toʼgʼrisidagi buyruq nusxasi bilan;
- aktsiyador yuridik shaxs vakili - ishonchnoma vakolat bergan va vakil qilingan shaxs toʼgʼrisidagi maʼlumotlar (ismi-sharifi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasportiga oid maʼlumotlar) koʼrsatilgan ovoz berishga doir ishonchnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kelishi lozim. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma uning rahbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan boʼlishi kerak. 

Аktsiyadorlar umumiy yigʼilishga oid hujjatlar bilan “Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofisida tanishishlari mumkin.
“Ipoteka-bank” Аktsiyadorlik tijorat ipoteka banki manzili:100000, Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʼbek tumani, Shaxrisabz koʼchasi, 30-uy.,

(bankning elektron pochta manzili: info@ipotekabank.uz, rasmiy veb-sayti www.ipotekabank.uz)

Qoʼshimcha maʼlumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin: (78) 150-98-19, 150-89-16.



 Bank Kuzatuv kengashi
On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish