phone Ishonch telefon raqami: (78) 150-89-55

Ma'lumot uchun: (78) 150-89-56

Kuchli erkak ortida kuchli, tadbirli ayol turishi kerakmi?

Bu voqealar uzoq emas, aynan bizning zamonamizda yuz berdi
Er ishlab topish uchun boshqa davlatga ketdi. Ayoli uyda qolib, ro‘zg‘or, bolalariga qarab turdi. 
Vataniga bola-chaqasi oldiga qaytgan er hol-ahvol so‘rab, ro‘zg‘orni kam-ko‘stini surishtirib:
-Puldan qiynalib qolmadilaringmi?-deya so‘radi.
Shunda xotini jilmayib, stolga bir dasta pulni qo‘yib yuborgan pullari etib ortib yana biroz jamg‘arib qo‘yganini ham ma’lum qildi. Hayron bo‘lgan er darhol xotinidan buni sababini so‘radi.
Xotin: 
-Pulimizni kim ko‘paytirib berganini bilasmi, men pulni uyda saqlashdan ko‘ra bankda saqlashni afzal deb bildim. Oyma-oy hisoblangan foizlar evaziga komunal va boshqa to‘lovlarni to‘lash bilan birga biroz bo‘lsada pul ham jamg‘arishga ulgurdim. Pul-pulni  chaqiradi deganlari shu ekan, dadasi. 
Tadbirli xotining bo‘lsa maza-da...
(Xotining bo‘lsa yaxshi, yaxshi xotining bo‘lsa undan ham yaxshi shunaqamasmi?)


Kun davomida hatto bir-biridan hol-ahvol so‘rashga ham ulgurmagan er-xotin bazo‘r kechki taomni tanovvul qilar edilar. Televizordan kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash kerakligi haqidagi ogohlantirishni eshitgan er birdaniga hushyor tortib, oy oxiri ekanligini, ishdan umuman orta olmayotganini ro‘kach qilib xotiniga:
-Bilasanmi, shu taksi tut, kassaga chop,  navbatda turlardan shunaqa charchadimki, deb ozorlanib, hamma narsani menga yuklab qo‘ya qolgansan-a,- deya o‘dag‘ayladi. 
Shunda dono xotin vaziyatni o‘zi tomonga o‘nglab shunday dedi:
-Bu narsa hech janjalga sabab bo‘lmaydi, azizim  axir bizda ...... bankning mobil ilovasi borku, bu bilan har qanday to‘lovlarni tez va oson to‘lashimiz mumkin. Bu ilova bizga vaqtimizni tejash bilan birga, asablarimizni ham asrashga yordam beradi.
Olimlarning fikricha asab tolalari qayta tiklanmas ekan. 


Er-xotin mebelь do‘konida aylanib kirib qolishibdi.
Xotini yangi, yaraqlab turgan mebellarni ko‘rib, hushi-boshidan uchdi:
-Dadasi yuring, anavi tomonni ham o‘tib ko‘raylik, bundan ham zo‘rlari borga o‘xshaydi. Har doim shunaqa mebelimiz bo‘lishini orzu qilganman.
Er:
- Bugun sotib olmaymizku, yur oladigan kunimiz tomosha qilamiz,-debdi.
Shu zahotiyoq to‘nini teskari kiyib olgan xotini hech narsa demay, hech narsaga qaramay zipillab qoldiku?!
Endi er qarasa vaziyat chatoq, bu ketishda o‘zi bilan birga bolalari ham tushliksiz qolishi aniq, kechagi choyxonadagi gaplar esiga tushib shart telefonini chiqarib, bir necha tugmalardan so‘ng “onlayn mikroqarz” degan yozuvga etib keldi. “Hisobingiz .... so‘mga to‘ldirildi” degan xabardan so‘nggina  sal o‘ziga kelib, bir yaxshilab kerishib olib er :
-Qaysi yoquvdi olavering xonim, -deb yuborganini o‘zi ham bilmay qolib, –“Puling bo‘lsa kartada dam olasan Yaltada” degan dono mashoyixlar deb qo‘shib ham qo‘yibdi.
 Mana do‘stlar, ko‘rdizmi, bankimiz  sizga taqdim etayotgan xizmatlarning eng katta foydasi bu oilangizni asrab qolganidir.....


On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish