phone Ishonch telefon raqami: (78) 150-89-55

Ma'lumot uchun: (78) 150-89-56

Rasmiylikdan voz kecha olasizmi?

Oddiylik sari nechchi qadam?


“Odatda ortiqcha ish yuklamalari bilan bog‘liq ko‘plab qiyinchiliklar aslida uning ko‘pligidan emas, balki shu ishga yoki hamkasblarga bo‘lgan munosabat tufayli kelib chiqadi. Bir o‘ylab ko‘ring. Ishga bo‘lgan munosabatingizni yaxshilang yoki yaxshiroq ish toping!”     Boboyor To‘raev



Keling bir o‘ylab ko‘raylik aslida ham shundaymi? Ipoteka-bankda xodimlar uchun tashkil etilgan seminarda aynan shu mavzudagi fikrlar muhokama qilindi.   
Ish bilan bog‘liq munosabatlarda jamoaviy harakat qilish, boshqaruvchilik san’ati, sadoqatlilik, shaxs va jamoa o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirish, liderlik san’atining muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. 

Treningda rahbar va xodim munosabatlarida avvalombor,  shaxs sifatida munosabatlar uyg‘unlashsagina muvafaqqiyatga tezroq erishish mumkinligiga urg‘u berildi. 
Trening davomida rasmiy uslubda qotgan yuzlarni anchayin samimiy tusga kirganligini, yuzlarda tabassum, buyruq berib o‘rgangan lablarga kulgu qanchayin yarashganligini nafaqat atrofdagilar balki ularning o‘zlari xam xis qilishdi. 


Tadbir so‘ngida ishtirokchilardan quyidagi samimiy dil izxorlari uzoq vaqtgacha eshitilib turdi:
- Anchadan beri bunaqa o‘ynamagandim.
- Voy maza qilib kulibman.
- Sakramaganimga xam ancha bo‘lgan ekan.
- Bunday bo‘lishini kutmagandim.
- Ofarin
- Juda xam foydali
-   .........



On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish