Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Buyuk tarixga ega bo‘lgan hamkorlar bilan qo‘yilgan yangi qadam

Nashr etilgan: 31 oktyabr, 2019

Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning sifat jihatidan yangi bosqichiga o‘tish jarayonida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga oid qo‘shma hujjatlar imzolandi. Unga ko‘ra, «Ipoteka bank» ATIB va Xitoyning Davlat taraqqiyot banki (XDTB) o‘rtasida xitoylik sheriklar tomonidan kichik biznes sub’ektlari tomonidan Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan asbob-uskunalar va texnikalarni sotib olish uchun 40,0 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ajratilishi to‘g‘risida bitim imzolandi.



Ushbu bitim yuqori texnologiyali uskunalar va texnologiyalarni sotib olishni moliyalashtirish orqali mahalliy tadbirkorlar va XXR ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga yordam berish uchun mo‘ljallangan. Imtiyozli kredit liniyasi ikki yillik imtiyozli davr bilan, 8 yil muddatga, imtiyozli foiz stavkasi bilan taqdim etiladi, bu rivojlanish va o‘zini oqlash uchun yaxshi shartdir, chunki Xitoy hozirgi vaqtda dunyoda sanoat, qurilish va boshqa turdagi uskunalarni asosiy ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Arzon narxlarda ishonchli sifat. «Ipoteka-bank» ATIB imtiyozli kredit liniyalarini taqdim etish orqali O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratadi.