phone Ishonch telefon raqami: (78) 150-89-55

Ma'lumot uchun: (78) 150-89-56

Bizni yana bir bor taqdirlashdi

Zamonaviy bank xizmatlari bozorida axborot etkazib berish bilan birga banklar uchun qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatib kelayotgan “THOMSON REUTERS” transmilliy kompaniyasi moliya olamida alohida nufuzga ega kompaniyalardan biridir. Bugungi kunda ushbu kompaniyaning banklarga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini sotib olgan “REFINITIV” kompaniyasi hamkor banklarga kompleks xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini jadal ravishda kengaytirmoqda.


Kompaniyaning navbatdagi seminarida 2018 yil uchun qator nominatsiyalar e’lon qilinib, g‘olib banklarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Ipoteka-bank”ATIB ushbu nominatsiyalardan “Dealing Desk 2018” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi. Ushbu nominatsiya “REFINITIV” kompaniyasi terminalidan foydalanilgan holda eng ko‘p depozit, foreks kabi g‘aznachilik amaliyotlari o‘tkazgan banklarga taqdim etilishini inobatga oladigan bo‘lsak, bankning G‘aznachilik boshqarmasi xodimlarining g‘aznachilik amaliyotlaridan keng foydalanilganidan dalolat beradi.

On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish