Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

"Ipoteka-bank" АTIB yangi omonat turlarini taqdim etadi

Nashr etilgan: 1 avgust, 2019

Mijozlarimiz va aholi uchun 2019 yil 1 avgustdan boshlab jismoniy shaxslar uchun moʼljallangan yangi turdagi omonatlar joriy qilingani maʼlum qilamiz.

Ushbu omonat turlari bilan tanishing!



“Elegant” milliy valyutadagi muddatli omonat turi

Ushbu omonatga pul mablagʼlari bank filiallari kassalari orqali jismoniy shaxslardan naqd va naqdsiz pul shaklda (jumladan, jismoniy shaxsning plastik kartasidan) qabul qilinadi hamda omonatchilar oʼzlarining bankdagi mavjud omonat mablagʼlarini ushbu omonatga qayta rasmiylashtirishlari mumkin.

muddat – 12 oy;
foizi – yillik 20%.

Omonatga foizlar kassaga dastlabki omonat mablagʼi kelib tushgan kunning keyingi kunidan boshlab, omonatchi hisobvaragʼidan oʼchirilishidan oldingi kunga qadar hisoblanadi. Foizlar boʼyicha daromad omonat muddati tugagunga qadar har oyda beriladi. Omonat foizlari kapitalizatsiya qilinmaydi.

“Chorak” milliy valyutadagi muddatli omonat turi

Ushbu omonatga pul mablagʼlari bank filiallari kassalari orqali jismoniy shaxslardan naqd va naqdsiz pul shaklda (jumladan, jismoniy shaxsning plastik kartasidan) qabul qilinadi hamda omonatchilar oʼzlarining bankdagi mavjud omonat mablagʼlarini ushbu omonatga qayta rasmiylashtirishlari mumkin.

muddat – 3 va 6 oy;
foizi – yillik 18%.

Omonatga foizi daromad oldindan avans tariqasida toʼlab beriladi. Аgar omonat shartlari buzilganda mijozga oldindan toʼlab berilgan omonat foizlari omonat summasidan ushlab qolinadi.

“Progress” milliy valyutadagi muddatli omonat turi

Ushbu omonatga pul mablagʼlari bank filiallari kassalari orqali jismoniy shaxslardan naqd va naqdsiz pul shaklda (jumladan, jismoniy shaxsning plastik kartasidan) qabul qilinadi hamda omonatchilar oʼzlarining bankdagi mavjud omonat mablagʼlarini ushbu omonatga qayta rasmiylashtirishlari mumkin.

● Ushbu omonatning saqlash muddati hisobvaraqqa omonat mablagʼi kelib tushgan sanadan keyingi kundan boshlab 4 (toʼrt) oy muddatga yillik 17 foiz daromad toʼlash sharti bilan qabul qilinadi.

●Omonatchi omonat saqlash muddati tugagandan keyin pul mablagʼlarini olish istagi bildirilmaganda omonat ikkinchi 4 oy muddatga uzaytirilgan (prolongatsiya qilingan) hisoblanadi va keyingi toʼrt oylik muddat uchun yillik 18 foiz daromad hisoblanadi.

● Аgar, omonatchi tomonidan omonat ikkinchi 4 oyga uzaytirilgan muddati tugagandan keyin ham pul mablagʼlarini olish istagi bildirilmaganda, unda omonatni uchinchi 4 oy muddatga uzaytirilgan (prolongatsiya qilingan) hisoblanadi va ushbu muddat uchun yillik 19 foiz daromad hisoblanadi. Omonatga foizlar u jamgʼarma kassaga dastlabki omonat mablagʼi kelib tushgan kunning keyingi kunidan boshlab, omonatchi hisobvaragʼidan oʼchirilishidan oldingi kunga qadar hisoblanadi.




Shuningdek, 2019 yilning 1 avgustidan boshlab, quyidagi amalda boʼlgan omonat turlariga pul mablagʼlarini qabul qilish toʼxtatiladi:

– “Qulay” muddatli omonat turining 1 oy muddatli turi;

– “Qaldirgʼoch” muddatli omonat turining 1, 3, 5 va 6 oy muddatli turlari;

– “Tinchlik”, “Kommunal imkon”, “Obod turmush”, “Umid”, “Muruvvat”, “Nafosat” va “Nihol” muddatli omonat turlari;

– “Yangi uy poydevori” va “Fayzli xonadon” jamgʼarma omonat turlari;

– “Interaktiv plyus” va “Premium” muddatli elektron omonat turlari.