phone Ishonch telefon raqami: (78) 150-89-55

Ma'lumot uchun: (78) 150-89-56

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori

Joriy yilning 25 iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ipoteka-bank» aktsiyadorlik tijorat ipoteka bankini oʼzgartirish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi 523-sonli Qarori qabul qilindi.


Аmalga oshirilayotgan islohotlar doirasida '‘Ipoteka-bank” АKIB tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda bankning korporativ boshqaruv samaradorligini va investitsion jozibadorligini oshirishga, shuningdek, Ipoteka-bank ustav kapitaliga XMK kreditlari va investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatlarini ishlab chiqishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirildi.


XMKning aktsiyadorlar tarkibiga kiritilishi mumkinligi, shuningdek, Ipoteka-bankni oʼzgartirish jarayoni bank faoliyatini moliyaviy natijadorlikni oshirishga va ilgʼor xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda zamonaviy biznes-modelni joriy etishga qayta yoʼnaltirishni nazarda tutadi.


Batafsil:  Vazirlar Mahkamasining 523-sonli Qarori

On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish