phone Ishonch telefon raqami: (78) 150-89-55

Ma'lumot uchun: (78) 150-89-56

Ipoteka bank Global forumda ishtirok etdi

Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) ning taklifiga binoan, 2019 yil 7-9 oktyabr kunlari  «Ipoteka-bank» ATIB rahbariyati Amsterdamda (Niderlandiya) bo‘lib o‘tgan kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish bo‘yicha global forumda ishtirok etmoqdalar.

Forumda qatnashish orqali bank xodimlari  bank kichik va o‘rta biznesni  moliyalashtirish sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish sohasidagi eng yaxshi va ilg‘or tajribalar bilan tanishish, shuningdek, etakchi moliyaviy institutlar, texnologik kompaniyalar va investorlar bilan amaliy aloqalarni o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.



Mazkur global forum kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish bo‘yicha etakchi moliya institutlari, texnologiya kompaniyalari va rivojlanish moliya institutlarini (66 mamlakatdan 150 dan ortiq institutlar) o‘zaro bilimlarni almashish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va butun dunyo bo‘ylab kichik va o‘rta biznes segmentining o‘sishini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida yana bir bor birlashtirdi. Ushbu Forum kuchli yigirmatalik guruhi  (G20) mamlakatlari tomonidan tashkillashtirilgan va IFC tomonidan boshqariladi.

Forum doirasida bank rahbariyati barcha qiziqtirgan masalalar bo‘yicha forumning boshqa ishtirokchilari bilan samarali muzokaralar olib bordi. Ipoteka-bankni ishtirokchilar klubiga qabul qilish to‘g‘risida kelishuvga erishilgani esa ayniqsa quvonarlidir. 

«Ipoteka-bank» ATIB o‘z faoliyatida   kichik va o‘rta korxonalar bilan biznesini rivojlantirish bilan birgaa  va ushbu sohadagi eng yaxshi va eng ilg‘or tajribalarni amaliyotga izchil tatbiq etib bormoqda.

On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish