Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Cash in-terminallar mijozlar hayotini qanday osonlashtiradi?

Nashr etilgan: 6 may, 2022

Ipoteka-bank o’z mijozlari uchun bank xizmatlardan foydalanishda imkon qadar qulay va hamyonbop sharoitlarni yaratish maqsadida zamonaviy xizmat turlarini joriy qilib kelmoqda.

Shu munosabat bilan, Ipoteka-bank o’z mijozlari – jismoniy hamda yuridik shaxslarga Cash in-terminallardan foydalanishni taklif etadi.

Cash in-terminallarining asosiy maqsadi – mijozlarga o’z bank hisobraqamlarini naqd pul mablag’i bilan to’ldirish imkoniyatini taqdim etish hamda mijozning vaqtini tejashdir. Shuningdek, terminalning yana bir xususiyati, terminalning maxsus kupyurani qabul qilgichiga bir vaqtning o’zida bir necha kupyuralarni joylash va uni darhol hisobraqamga kirim bo’lishidir.


 Cash in-terminallarining jismoniy shaxslar uchun asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

• Jismoniy shaxslar uchun kredit to’lovini naqd pul ko’rinishida so’ ndirish;

• Jismoniy shaxslar uchun HUMO plastik kartalarini naqd pul ko’rinishida to’ldirish;

• Jismoniy shaxslar uchun elektron hamyonni naqd pul ko’rinishida to’ldirish.

 

Cash in-terminallarining yuridik shaxslar uchun asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

• Yuridik shaxslar uchun hisobraqimini naqd pul ko’rinishida to’ldirish (inkassatsiya)

 

Yuqorida amaliyotlarning barchasi amaliyotga tadbiq etilgan Cash in-terminallarni birinchi bosqichidir, kelajakda ushbu amaliyotlarga qo’shimcha quyidagi imkoniyatlarini tadbiq etiladi:

• Omonat hisobvarag’ini to’ldirish;

• MasterCard hamda VISA xalqaro plastik kartalarini to’ldirish;

• Xizmatlar uchun to’lovlar.