Ipoteka-bank «Yashil makon» umummilliy loyihasiga oʼz hissasini qoʼshmoqda.

Joriy yilning 2 noyabr kuni Oʼzbekiston Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan boshlangan  «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʼylab daraxt koʼchatlarini ekish ishlari  boshlandi. 

Hududlarni yashil maydonga aylantirish ishlari Ipoteka-bank xodimlarini ham chetlab oʼtmadi. Bu gʼayratli va shijoatli xodimlarimizga  shahar va qishloqlarimizning bir qancha hududlarida goʼzal bogʼlar barpo etish imkonini bermoqda. 



Xususan, joriy yilning noyabrь oyi davomida Ipoteka-bankning faol xodimlari tomonidan 4000 ta koʼchat ekish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Kelgusida bank tomonidan respublika hududlarida jami 21 mingga yaqin tup daraxt koʼchatlari oʼtkazish ishlari koʼzda tutilgan.



On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish