Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Bugungi kunda "Ipoteka-bank" АTIB tomonidan xorijiy kredit liniyalari hisobidan qator loyihalari amalga oshirib kelinmoqda.

Nashr etilgan: 5 yanvar, 2023

Xususan, Toshkent shahar, Mirzo Ulugʼbek tumanidan faoliyat yurutuvchi mijozimizga Osiyo Taraqqiyot Banki kredit liniyasi mablagʼlari hisobidan Toshkent shahar, M.Ulugʼbek tumani hududida sut mahsulotlarini qadoqlashga plastik idish (PET kapsula) ishlab chikarish texnologik liniya sotib olish uchun umumiy qiymati 10 175 mln.soʼm miqdoridagi loyihasiga 6 810 mln.soʼm miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Jamiyat yiliga 13 824 ming dona har xil oʼlchamdagi sut va sut maxsulotlarini qadoqlovchi PET idishlar ishlab chiqarishni, 5 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.