Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Toshkentdagi Inxa universitetida navbatdagi "Karyera kuni" boʼlib oʼtmoqda

Nashr etilgan: 6 may, 2022

Аnʼanalarga sodiq qolgan holda, bugun Toshkent shahridagi eng yirik tashkilotlar qatorida Ipoteka-bank ham Inxa universitetida tashkil etilgan va keng miqyosda oʼtkazilayotgan "Karyera kuni"da ishtirok etmoqda.




Bankimiz mas'ul xodimlari Universitet talabalarini bank faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, shu vaqtning oʼzida ular bilan amaliyot oʼtash hamda ishga qabul qilish maqsadida suhbat olib borishmoqda. 

Inxa universiteti rahbariyati tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbir bankimiz ravnaqi uchun xizmat qilajak yuqori salohiyatli yoshlarga mayoq sifatida xizmat qilmoqda desak mubolagʼa boʼlmaydi.