O‘zbekiston bank sektorida gender tengligini ta’minlash

Hozirda O‘zbekistonda gender tenglik sohasini takomillashtirish jahon tajribasining chuqur tahlili asosida o‘rganilib, uni mahalliy sharoitlarimizga moslashtirgan holda samarali tatbiq etish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.



Bugun YeTTB tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekiston bank sektorida gender tengligini ta’minlash” loyihasi doirasida loyihani amalga oshiruvchi “A2F Consulting” konsalting firmasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. 



Uchrashuvda "Ipoteka-bank"ATIB Kichik biznes va chakana xizmatlar bloki rahbari, Gender masalalari bo‘yicha maslahat komissiyasi Raisi, o’rinbosari, komissiya a’zolari, A2F prezidenti doktor Modibo Camara va YeTTB vakili doktor Dildora Tojiboeva ishtirok etishdi.



Suhbat davomida maslahatchilar guruhi Ipoteka-bank uchun Gender xilma-xilligini baholash bo’yicha dastlabki natijalarini taqdim etishdi. Shuningdek, O‘zbekiston bank sektorida gender xilma-xilligi/tenglik borasida qilinayotgan ishlar muhokama qilindi.


On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish