Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Malakali xodimlarimizdan yana biri dunyoning eng nufuzli oliygohida bilimlarini oshiradi

Nashr etilgan: 9 sentyabr, 2022

Ipoteka-bankning malakali xodimlaridan yana biri dunyoning eng nufuzli oliygohida bilimlarini oshiradi

Bankmizning yosh va intiluvchan xodimi — Ro'zimurodov G'olibjon dunyoning eng nufuzli Top-300 reytingidan joy olgan o‘quv oliygohi – "University of Dundee" (MSc Islamic banking, Finance and International business) da tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldi!

G'.Ruzimurodov 2014 yil Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituni bank ishi va moliya yo‘nalishini tamomlagan.

Ushbu xodimimiz bugungi kunda “Ipoteka-bank” ATIB Moliya bloki Moliyaviy hisobotlar va nazorat departamenti Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozmida ishlab kelmoqda.

O‘quv jarayoni 1 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, bu davr davomida Ruzimurodov G‘olibjon Buyuk Britaniyada Magistratura bosqichida tahsil oladi.