Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Buyuk allomalarga ehtirom. Vatan fidoiy farzandlarini unutmaydi

Nashr etilgan: 10 may, 2022

“Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofis va filial xodimlari ishtirokida, 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Buyuk allomalarga ehtirom. Vatan fidoiy farzandlarini unutmaydi” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi. 


Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti oʼqituvchisi Shoxijaxon Toshpulatov ishtirokchilarga ushbu sananing bugungi kundagi ahamiyati, oʼzbek xalqining mehr-muruvvati, mudhish urushdagi siyosiy pozitsiyasi va bugungi kunda mehnat frontida ishtirok etgan moʼʼtabar faxriylarimizga yuksak eʼtibor va alohida gʼamxoʼrlik koʼrsatilayotgani hakida toʼxtaldi.


Strategiya departamenti boʼlimi boshligʼi Dilrabo Bozorova tadbir borasida shunday dedi: bunday tadbirlarning tashkil etilishi tariximizni, ajdodlarimizga xos jasorat va matonat tuygʼusini, jangovar anʼanalarni kelgusi avlodlarimizga meros qilib qoldirishda yanada turtki boʼladi. Shuningdek, bugungi tinch va goʼzal hayotning qadriga yetib, doimo hushyor va ogoh boʼlishga ham undaydi.


Tadbir soʼnggida, mavzu yuzasidan savol-javoblar oʼtkazilib, bilim va tajribalar oʼzaro almashildi.