Byudjet tashkilotlari ish haqi toʼlovlari toʼgʼrisida

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6300-sonli farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida Moliya vazirligi UzASBO dasturiy majmuasi va banklarning АBT (Аxborot bank tizimi) oʼrtasida byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi mablagʼlarini plastik kartalarga kirim qilishning onlayn nazorati joriy yilning aprel oyida yoʼlga qoʼyilgan. Bunda plastik karta egasining АBTda aks ettirilgan shaxsiy maʼlumotlari uning tashkilot tomonidan ish haqi mablagʼlarini kirim qilish uchun bankka taqdim etiladigan toʼlov qaydnomalaridagi maʼlumotlar bilan solishtiriladi. Аgarda tafovutlar mavjud boʼlsa, tegishli tizimdagi maʼlumotlar toʼgʼrilangach, plastik karta egasining mablagʼi onlayn tarzda kirim qilib beriladi.

Bunday tadbirlar byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi mablagʼlarini inson omilisiz onlayn tarzda oʼz vaqtida shaffof toʼlab berilishini taʼminlaydi.

Biroq ayrim byudjet tashkilotlarida UzASBO tizimida shakllantiriladigan qaydnomalarga xodimning shaxsiy maʼlumotlarini notoʼgʼri kiritilganligi sababli ish haqi mablagʼlarini plastik kartalarga kirim qilib berishda 1-2 kunga kechikish holatlari qayd etildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Ipoteka-bank filiallarida xizmat koʼrsatiluvchi barcha byudjet tashkilotlaridan UzASBO tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni toʼgʼri shakllantirishlarini soʼrab qolamiz.

On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish