Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 11 oktyabr, 2022

Ijtimoiy tarmoqlarda Ipoteka–bank Koʼksaroy filiali mijozi nomidan joylashtirilgan xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Oʼzbekiston Respublikasining “Bank siri toʼgʼrisida”gi Qonuni shuningdek murojaatda mijoz nomi toʼliq koʼrsatilmagani uchun nomlar koʼrsatilmadi.

“Ipoteka–bank” АTIB Koʼksaroy filiali hamda “R*** Bek” MChJ oʼrtasida tuzilgan kredit shartnomasiga asosan 60 oy muddatga 12 oy imtiyozli davr bilan 1,5 mlrd.soʼm miqdorida kredit mablagʼi ajratilgan. Shartnomada kredit mablagʼlarining 1,04 mlrd.soʼmi taʼmirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida qurilish materiallari sotib olish uchun va qolgan 460,0 mln.soʼmi qurilish ishlari nihoyasiga yetkazilgach, jihozlash uchun ajratilishi belgilangan.

Shuningdek, korxona tomonidan taqdim etilgan biznes rejaga koʼra, tadbirkor tomonidan loyihaga oʼz ulushi sifatida 1 mlrd.soʼm kiritilishi ham koʼrsatilgan.
Kredit mablagʼlari ajratilgach, korxona tomonidan taʼmirlash ishlari sust olib borilgan va bu orada aylanma mablagʼlar toʼldirish maqsadida olingan kredit boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorlik vujudga kelgan. Bu haqida bank xodimlari tomonidan tadbirkor bir necha marotaba ogohlantirilgan. Bank tomonidan tadbirkorga berilgan ogohlantirishlarga qaramasdan tadbirkor tomonidan muddati oʼtgan kredit qarzdorliklari muntazam ravishda soʼndirilmasdan kelinmoqda. 

Bank xodimlari joyiga chiqqan holda korxona rahbariga mehmonxona taʼmirlash ishlarining yakunlanish darajasiga qoʼyilgan talab bajarilganidan soʼng, kreditning qolgan qismini ajratilishi boʼyicha tushuntirish bergan. Oʼz navbatida tadbirkor tomonidan taʼmirlash ishlari koʼrsatilgan darajada tugallanishi hamda oʼz vaqtida mehmonxona faoliyati ishga tushirilishi boʼyicha maʼlum qilingan. 

Shu bilan birga, yuzagan kelgan muddati oʼtgan qarzdorlikni undirish boʼyicha bir necha marotaba ogohlantirilgan.

Shunga qaramasdan tadbirkor tomonidan muddati oʼtgan kredit qarzdorliklarni so'ndirish boʼyicha tegishli choralar koʼrilmagach, qonuniy chora koʼrish uchun daʼvo ariza kiritilib, sudga taqdim qilingan va sudning hal qiluv qarori qabul qilingan. Sudning hal qiluv qarori asosida bugungi kunda majburiy ijro byurosi Samarqand shahar boʼlimi tomonidan undiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qurilish ishlarini ortga surilishi, biznes rejaga koʼra loyihaga tashabbuskor tomonidan oʼz ulushi sifatida kiritishi lozim boʼlgan 1 mlrd.soʼm mablagʼnining kiritmasligi loyihanining belgilangan vaqtda ishga tushirilmasligini keltirib chiqargan.

Shuningdek, ushbu vaqt oraligʼida tadbirkor tomonidan kredit taʼtili masalasida bugungi kunga qadar bankka murojaat qilinmagan.