Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligiga koʼra, “Ipoteka-bank” АTIB aktsiyalari nazorat paketining OTP bankka sotilishi bank reytinglariga taʼsir koʼrsatmaydi

Nashr etilgan: 11 noyabr, 2021

Joriy yil 2 noyabrda «Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligi tomonidan eʼlon qilingan press-relizga koʼra, «Ipoteka-bank» aktsiyadorlik tijorat ipoteka bankida Oʼzbekiston xukumatining majoritar ulushining Vengriyaning OTP bankiga sotilishi bank reytinglariga taʼsir koʼrsatmaydi.

Аgentlik tahlilchilarining fikricha, bankning hozirgi “BB-” darajada “Barqaror” istiqboldagi reytingi davlatning majoritar aktsiyadorligi, tizimda muhim ahamiyatga egaligi, bugungi kunda iqtisodiy va ijtimoiy siyosatda rolь oʼynashi, tarixan davlat tomonidan bankning kapital va likvidliligi qoʼllab-quvvatlanishi asos boʼlgan. Shuningdek, bankning ipoteka va kichik biznesni kreditlashdagi tizimli salohiyati, kapitalning mustaxkam buferi va moʼʼtadil daromadlilik faktorlari eʼtiborga olingan.

Shuningdek, «Bankning boshqaruv ulushi OTPga sotilgan taqdirda, Fitch Ipoteka-bankka reyting berilishida davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash omilini hisobga olishni toʼxtatadi, biroq bu holatda OTPning ehtimoliy koʼmagi inobatga olinadi. Fitch OTPning qoʼllab-quvvatlash salohiyatini yuqoriroq va kamida Oʼzbekistonning “BB-” darajasida baholaydi. <…> Fitch, Ipoteka-bank xususiylashtirilgan taqdirda, yangi aktsiyadorning bankni qoʼllab-quvvatlashga moyilligini baxolaydi, agentlik bazaviy stsenariy boʼyicha qoʼllab-quvvatlash yuqori boʼlishini kutmoqda.» - deya qayd etiladi «Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligi press-relizida.

Qayd etish lozimki, 2021 yil 30 iyulda Fitch Ipoteka-bankning reytinglarini “BB-” darajasida “Barqaror” istiqbolida baxolagan va bank reytingiga taʼsir koʼrsatuvchi asosiy omillarni keltirib oʼtgan (www.fitchratings.com).

Investorlar bilan aloqalar xizmati
Qo'shimcha maʼlumot shu yerda.
Ipoteka-bank investorlar bilan aloqalar uchun: investor@ipotekabank.uz