Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Kino olamining namoyondasi bankimizda mehmon bo‘ldi.

Nashr etilgan: 14 iyul, 2021

Ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishida tashkillashtirilgan bu galgi uchrashuv barchamiz sevib tomosha qilgan “Chinor ostidagi duelь” filьmi bosh qahramoni “Nortoy”- Rashid Malikov bilan bo‘lib o‘tdi. “Bir nafasda” tomosha qilinadigan filьmlari bilan o‘ziga xos yo‘nalishga ega ushbu ijodkor bank xodimlari bilan suhbatda kino sur’atga olish jarayonlari bilan tanishtirib o‘tdi.   



Aktyor, stsenarist, rejissyor sifatida tanilgan Rashid Malikov tomonidan yaratilgan o‘zbekona, o‘ziga xos filьmlarlarda milliy mentalitetimizning ko‘z ilg‘amas, ko‘ngil bilan sezish mumkin bo‘lgan jihatlari borki, buni alohida qayd etmasdan iloji yo‘q. Yig‘ilishda aktyorning  kino san’atining mashaqqatli, shu bilan birga sharafli yo‘li,  ko‘p yillik samarali ijodi yaratgan filьmlari haqida ham  ma’lumotlar berildi.  



Qiziqarli  savol-javoblar ko‘rinishida davom etgan suhbatdan anglash mumkinki, aktyorning rollari ko‘pchilikning qalbiga kirib ulgurgan. 
O‘z millatini sevgan uning taqdiriga o‘zini daxldor deb bilgan, kino san’atining yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida kuyinib gapirgan Rashid Malikovning sermazmun suhbati barchaga birdek ma’qul bo‘ldi. 



Bu  kabi uchrashuvlar bank xodimlarining ma’naviy dunyosi boyishiga xizmat qiladi.