Nashr etilgan: 20 may, 2022

Joriy yil 18-19 may kunlari ayol tadbirkorlar uchun “Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Raqobatbardoshlikni baholash” hamda “Marketing” mavzularida navbatdagi trening Surxondaryo viloyat filialida oʼtkazildi.
“Woman in business СА” dasturi doirasida ayollarning tadbirkor sifatida shakllanishida kompleks xizmat koʼrsatilishini yoʼlga qoʼyish, ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish koʼzda tutilgan.