Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 23 may, 2022

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ipoteka-bank” АTIB Аndijon viloyat filialida muammoli kreditlari summasi ortib ketayotganligi sababli filial xodimlarini ishdan boʼshatish holatlari yuz berayotganligi taʼkidlangan.
 
Ipoteka-bank Аndijon viloyati filialida 2022 yilning 1 may holatiga harakatsiz kreditlar (NPL) kredit portfeliga nisbatan 18,7% ni tashkil etgan. Ushbu muammoli kreditlarni keskin qisqartirish, filial kredit portfelini sogʼlomlashtirish maqsadida, muammoli kreditlar boʼyicha alohida "yoʼl xarita" ishlab chiqilgan. Ushbu ishlab chiqilgan “yoʼl xarita”ga muvofiq yarim yillik yakunlariga koʼra muammoli kreditlar miqdorini keskin kamaytirish rejalashtirilgan.

Shuni taʼkidlash kerakki, bank va xodim oʼrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi faqat qonunchilikda belgilangan asoslarga koʼra bekor qilinadi.

Bugungi kunda bankning Аndijon viloyat filialida ayrim xodimlar oʼz xohishiga koʼra, boshqa ishga oʼtayotganligi yoki boshqa sohada ish faoliyatini davom ettirmoqchi boʼlgani uchungina ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinayotganligini maʼlum qilamiz.