Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz”

Nashr etilgan: 24 avgust, 2022

Bugun “Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofisida yurtimiz mustaqilligining 31 yilligiga bagʼishlangan “Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz” nomli maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv boʼlib oʼtdi. 



Unda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, OzLiDeP Toshkent shahar Kengashi aʼzolari, bank rahbariyati hamda xodimlar ishtirok etishdi.

Davra suhbatini Boshqaruv Raisi oʼrinbosari Mahmud Аbdurahmonov ochib berdi. Tadbir davomida Vatanga boʼlgan muhabbat eng yuksak tuygʼulardan ekanligi, unga sadoqat bilan xizmat qilish har bir komil insonning burchi boʼlib qolishi haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat va qadriyatlarning hayotimizdagi oʼrni haqida soʼz bordi. 

Samimiy ruhda davom etgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʼmitasi raisi Dilorom Fayzieva nutq soʼzlab, mustaqillikning qadr-qimmati, yangilanayotgan Oʼzbekistondagi islohotlarning mohiyati va ahamiyati haqida misollar keltirdi. 


Soʼng “Ipoteka-bank” АTIB Boshqaruv aʼzosi Humoyun Murodov mustaqillik davrida berilgan imkoniyatlar toʼgʼrisidagi fikrlari bilan ishtirokchilarni yanada ruhlantirdi. 



Yuqori kayfiyat va yoqimli suhbat soʼnggida ishtirokchilar fikrlari tinglandi.