Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 25 oktyabr, 2022

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Ipoteka-bank” АTIB Qashqadaryo filialiga murojaat qilgan 72 nafar mijozlarga taʼlim kreditini rasmiylashtirishga rad javobi berilgani boʼyicha fikrlar bildirilgan.

Ushbu boʼyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

"Ipoteka-bank" АTIB tomonidan bugungi kunda talabalarga imtiyozli shartlarda taʼlim kreditini ajratib kelmoqda.

Xususan, joriy yilning 25 oktyabr xolatiga bank tomonidan respublika boʼyicha 21 518 ta talabaga 239,6 mlrd.soʼm miqdorida taʼlim kreditlari ajratilgan. Shundan, 16 857 ta qizlarga 181,8 mlrd.soʼmlik taʼlim kreditlari rasmiylashtirilgan. Shunindek, Qashqadaryo viloyatida Ipoteka-bank boʼlinmalari tomonidan jami 1377 ta talabaga 3,1 mlrd.soʼm taʼlim kredit ajratilgan.
 
Hurmatli mijozlar! Аgar siz taʼlim kreditini rasmiylashtirish jarayonida turli xil toʼsiqlarga duch kelayotgan boʼlsangiz, Ipoteka-bankning aloqa telefonlariga murojaat qilishingizni soʼraymiz. 

Bizning telefon raqamlarimiz 1233 yoki 78 150 11 22.