Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Jaholatga qarshi maʼrifat

Nashr etilgan: 25 noyabr, 2022

Joriy yilning 24 noyabr kuni “Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofis va barcha filial xodimlari uchun Zoom platforma orqali “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida ekstremizm, terrorizm, ommaviy madaniyat, giyoxvandlik kabi maʼnaviy tahdidlarga qarshi kurashish, el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar mavzucida davra suhbati tashkil etildi.



Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti, Umumtaʼlim fanlar va madaniyat kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Kuchqorov Raxmon Urmanovich va boshqalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya xaritasida jiddiy oʼzgarishlar roʼy berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan vaziyatda, fikrga qarshi fikr, gʼoyaga qarshi gʼoya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish, har qachongidan koʼra muhim ahamiyat kasb etayotganligi, farzandlarimizni ona-Vatanga muhabbat, boy tariximizga sadoqat ruhida tarbiyalash taʼkidlandi.