Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka–bank tomonidan ETTBning Markaziy Osiyoda «Biznesdagi ayollar» (CAWiB) dasturi doirasida O‘zbekistonda ilk bor «Tadbirkor ayollar» seminari tashkil etildi

Nashr etilgan: 27 oktyabr, 2021



Joriy yilning 27 oktyabr kuni Toshkentning Hyatt Regency mehmonxonasida O‘zbekistonda ilk marotaba ayol tadbirkorlar uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyoda «Biznesdagi ayollar» (CAWiB) dasturi doirasida «Tadbirkor ayollar» seminari bo‘lib o‘tdi. 


CAWiB dasturi ayollar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab–quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, ularga ham moliyaviy yordam va ham konsalting xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutadi. Dastur O‘zbekistonda Ipoteka–bank tomonidan yuqori darajada amalga oshirib kelinmoqda, hamda bu biznesdagi ayollar uchun manzur bo‘lmoqda.
Shu kunga qadar dastur doirasida ayol tadbirkor bo‘lgan Ipoteka–bankning 76 nafar mijozlari jami 7,2 million AQSh dollari miqdorida o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun moliyaviy mablag‘lariga ega bo‘lishdi. 



Ushbu dastur Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tarafidan moliyalashtirilib, texnik ko‘mak esa Germaniyaning «German Sparkassenstiftung for International Cooperation» tashkiloti va IPC - Internationale Projekt Consult GmbH konsalting kompaniyasi tomonidan taqdim etib kelinmoqda.



Seminarda “Tadbirkor ayol” – O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi Mahmudova Gulnora G‘ulomnazarovna ham ishtirok etib, mamlakatimizdagi ishbilarmon ayollarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdi, shuningdek u uyushma faoliyatiga doir ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.



Shuningdek, TEHNIKUM dolzarb kasblar maktabi asoschisi Dmitriy Seredin tarafidan interaktiv tarzda o‘tkazilgan «Raqamli savdo kanallari va raqamli marketing» master-klassi ham ishtirokchilar katta qiziqish uyg‘otdi.  



Seminarda ishtirokchilar va tashkilotchilar tomonidan bu kabi uchrashuvlar ayol tadbirkorlar uchun ayni muddao ekanligi ta’kidlandi va kelgusida bu kabi tadbirlar davomiy bo‘lishi bildirildi, hamda ko‘tarinki ruxda o‘tgan seminar yakunlandi.