Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 30 may, 2022

Joriy yilning 26 may kuni telegram tarmogʼida “Podslushano v Buxare” kanalida “Ipoteka–bank” АTIB Sardor filialining universel kassa kassirlari ish vaqtida oʼz joylarida boʼlmaganligi koʼrsatib oʼtilgan.

“Ipoteka–bank” АTIB Sardor filiali shtatlar jadvaliga asosan chakana kassasida 4 ta nazoratchi–kassir faoliyat yuritib keladi.

Bank xodimlari faoliyatiga baho berish, ular tomonidan mijozlar va bank xizmatlari isteʼmolchilariga xizmat koʼrsatish sifatini aniqlash maqsadida ular rejali ravishda malaka imtihonlaridan oʼtkaziladi.

Joriy yilning 26 may kuni bankning Sardor filiali xodimlari, shu jumladan, nazoratchi kassirlar ham bosqichma-bosqich navbatdagi malaka (test) sinovlaridan oʼtkazilgan.

Ushbu telegram kanalida xabar eʼlon qilingan fotosurat olingan vaqtda nazoratchi kassirlardan biri test sinovlarini topshirayotan boʼlgan.
Mijozlar navbati koʼpayganligi va ijtimoiy tarmoqlarda bu haqida xabar chiqqanidan soʼng xodimlar zudlik bilan ish joyiga qaytarilgan hamda mijozlarga xizmat koʼrsatish davom ettirilgan.