Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” АTIB hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) oʼrtasida kichik, oʼrta biznes, xususiy tadbirkorlikni ragʼbatlantirishga qaratilgan navbatdagi muzokaralar boʼlib oʼtdi.

Nashr etilgan: 30 mart, 2022

YeTTBning Toshkentdagi vakolatxonasida, yuqori kayfiyatda tashkil etilgan uchrashuv davomida, Ipoteka-bank va YeTTB oʼrtasidagi savdoni moliyalashtirish liniyasi limitini 30 million АQSh dollariga oshirish yuzasidan bitim imzolandi.



Ushbu bitim doirasida savdoni moliyalashtirish dasturi (TFP – Trade Facilitation Programme) limitining umumiy miqdorini 55 million АQSh dollariga yetkazish koʼzlangan. Tadbirda YeTTB prezidenti Odil Renaud-Basso va YeTTBning Markaziy Osiyo boʼyicha boshqaruvchi direktori Syuzan Xagita hamda “Ipoteka-bank” АTIB Boshqaruvi Raisining birinchi oʼrinbosari Farrux Botirov, shuningdek, ikki taraf vakillari, bank xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida YeTTB prezidenti Odil Reno-Basso muzokara borasida oʼz fikrlarini quyidagicha bildirdi, - Ushbu sinovli va notinch sharoitda savdoning ahamiyati nihoyatda ortdi. Biz hamkor banklarimiz uchun tadbirkorlikni oʼz ichiga qamrab olgan doimiy limitlar, yangi ish oʼrinlarini tashkil etish orqali barcha importyorlar, xususan, oʼzbekistonlik importyorlarni qoʼllab-quvvatlashni maqsad qilganmiz. 



Tadbir davomida ikki taraf kelishuv borasida oʼz fikrlarini aytib oʼtdi. Va hamkorlik yana davom etishiga ishonch bildirdi. 

Maʼlumot oʼrnida, TFP limiti – mamlakat doirasida xalqaro savdoni moliyaviy va texnik jihatdan qoʼllab-quvvatlaydi hamda loyihada ishtirok etuvchilarga Oʼzbekiston banklarining siyosiy, tijorat toʼlov risklarini oʼz zimmasiga olgan holda xalqaro tasdiqlovchi banklarga kafolatlar beradi.