Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari moliyaviy qo'llab quvvatlanmoqda

Nashr etilgan: 30 mart, 2022

Ipoteka–bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi rivojlanishiga hissa qoʼshish, ishlab chiqarishlarga doir yirik istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish, eksport qiluvchi korxonalarni qoʼllab-quvvatlash, aholini arzon va sifatli uy-joylar bilan taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, 2021 yil davomida bank tomonidan sanoat loyihalarini moliyalashtirish, xizmat koʼrsatish sohasini rivojlantirish, qishloq xoʼjaligi dasturlarini amalga oshirish hamda uy-joy qurilishini qoʼllab-quvvatlash maqsadida jami 10,2 trln. soʼmlik loyihalar moliyalashtirilib, 11 168 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi.

Shu oʼrinda taʼkidlash kerakki, Oʼzbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisida»gi Qonuniga muvofiq banklar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʼliq qarorlar qabul qilishda mustaqildir.

Ipoteka–bankda kredit ajratilishi bankning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan kredit siyosatida va unda belgilangan tartib qoidalarga asosan amalga oshiriladi.