Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 30 sentyabr, 2022

2022 yilning 29 sentabr kuni telegram kanallarning birida Ipoteka-bankning Mirobod filialida mijozga “Uzcard” bank kartasi oʼrniga “Humo” bank kartasi taklif etilgani haqidagi xabar eʼlon qilindi.
Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugungi kunda Ipoteka-bank tomonidan “Uzcard” va “Humo” toʼlov tizimlarining milliy valyutadagi bank kartalari va xorijiy valyutadagi “Mastercard” hamda “Visa” xalqaro bank kartalari muomalaga chiqarilib, mijozlarga taqdim etib kelinmoqda. 

Bank tomonidan mijozlarga koʼrsatilayotgan turli xizmatlar koʼlamini kengaytirish va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda turli qulay mahsulot xizmatlari taklif etilmoqda. 

Аyrim hollarda xodimlar tomonidan mijozlarga bank xizmatlarini koʼrsatishda kamchilikka yoʼl qoʼyish holatlari kuzatilmoqda. Bu kabi holatlar Ipoteka-bank Bosh ofisi tomonidan alohida nazoratga olinib, qayta takrorlanmaslik choralari koʼrilmoqda. Xususan, “Ipoteka-bank” АTIB Mirobod filiali rahbari va masʼul xodimlariga qatʼiy koʼrsatma va tushuntirishlar berildi.

Yuqoridagi kabi holatlarga duch kelgan bank xizmatlari isteʼmolchilariga, Ipoteka-bankning 1233 qisqa raqami orqali murojaat qilishlarini soʼrab qolamiz.