Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Baliqchilik bilan shug'ullanadigan tadbirkorlarga imtiyozli kredit mablag'lari

Nashr etilgan: 10 aprel, 2019

Siz baliqchilik faoliyati bilan shug'ullansangiz sizga ajoyib imkoniyat taqdim etamiz.

Baliqchilik faoliyati uchun:

  • sun'iy suv havzalarda va sadok usulida baliq etishtirish uchun aylanma mablag'larni to'ldirishga omuxta em, mineral o'g'it, lichinka, baliqcha, bir yozlik baliq, bir yillik baliq sotib olish maqsadlariga 24 (yigirma to'rt) oy muddatgacha;
  • yopiq aylanma suv qurilmalari baliq etishtirish va baliqni qayta ishlash uchun aylanma mablag'larni to'ldirish uchun 24 (yigirma to'rt) oy muddatgacha, bunda asosiy qarz to'lovlariga 6 (olti) oygacha imtiyozli davr bilan;
  • qishloq havzalarida baliq etishtirishni ko'paytirishni tashkil etish maqsadida ona baliqlarni sotib olishga 36 (o'ttiz olti) oy muddatgacha;
  • yopiq aylanma suv qurilmalari va intensiv basseynlar tashkil etishga, baliq mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil qilish uchun texnika va texnologiyalar sotib olish bo'yicha taqdim qilingan investitsion loyihalarga 60 (oltmish) oy muddatgacha, bunda asosiy qarz to'lovlariga 12 (o'n ikki) oygacha imtiyozli davr bilan;
  • baliq boqish uchun zarur bo'lgan ozuqa-em mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida texnika va texnologiyalar sotib olish loyihalariga 36 (o'ttiz olti) oy muddatgacha, bunda asosiy qarz to'lovlariga 6 (olti) oygacha imtiyozli davr bilan;
  • baliqchilik sohasidagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga asosiy vositalarni sotib olishni, ta'mirlash, shuningdek moddiy texnika bazasini yaratish, yangilash, tamirlash maqsadida – 36 (o'ttiz olti) oy muddatgacha, bunda asosiy qarz to'lovlariga 6 (olti) oy imtiyozli davr bilan;

Foiz stavkasi: 20 foiz - 50%

Mijoz tomonidan kredit uchun 10 foiz miqdorida haq to'lanadi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 noyabrdagi PQ-4005-sonli qaroriga asosan tadbirkorlik sub'ektlariga kreditlarining tijorat foiz stavkasining yarmini (50 foizini) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan kompensatsiya qilingan holda to'lab beriladi.

Kredit olish uchun taqdim etiladigan ta'minot turlari

  • mol-mulk yoki qimmatli qog'ozlar garovi;
  • uchinchi shaxslar kafilliklari;
  • qonunchilikda ta'qiqlanmagan boshqa ta'minot turlari.

Kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi

  • kredit mikdori, foydalanish muddati, maqsadi, ta'minoti ko'rsatilgan kredit arizasi (kredit arizasiga qarzdor haqidagi ma'lumotlarni Kredit byurosiga berilishiga qarzdorning yozma roziligi va garov reestriga berilishiga qarzdorning yozma roziligi ilova qilinishi shart);
  • qarz oluvchining ta'sis hujjatlari (nusxasi) va kredit olish vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
  • qarz oluvchining bank hisobvarag'iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko'rsatilgan biznes rejasi;
  • kredit hisobidan moddiy boyliklar sotib olish (ishlar bajarish, xizmatlar ko'rsatish, tovarlar sotib olish va boshqalar) uchun qarz oluvchi tomonidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar yoki ahdlashuv bayonnomalari nusxalari;
  • baliqchilik bilan shug'ullanish huquqini beruvchi hujjatlar (yer ijarasi shartnomasi, yer kadastr hujjatlari, suv resurslaridan foydalanish shartnomasi va boshqalar)
  • oxirgi hisobot davri uchun O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllardagi moliyaviy hisoboti. Bu hujjatlar belgilangan tartibda Davlat soliq idoralariga topshirilgan va unga quyidagilar ilova qilingan bo'lishi lozim:
  • buxgalteriya balansi (1-son shakl);
  • moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl);
  • debitorlik va kreditorlik qarzlari ro'yxati;
  • zarur bo'lganda boshqa moliyaviy hisobotlar.
  • kredit ta'minotiga doir hujjatlar.