Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Sport jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlaydi

Nashr etilgan: 30 oktyabr, 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 5 martdagi PF-5368-son Farmoniga muvofiq mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikdan asosi ekanligini targ‘ib qilish maqsadida “Ipoteka-bank” ATIBda birinchi filiallararo spartakiada musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada xodimlar sportning 8 turi futbol, stol tennisi, badminton, voleybol, basketbol, shaxmat va shashka o‘yinlari bo‘yicha bellashmoqdalar.