Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Sog‘ tanda sog‘lom aql.

Nashr etilgan: 9 dekabr, 2019

O‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram arafasida "Ipoteka-bank" ATIB filiallararo 1-sport musobaqalarining yakuniy bosqichini o‘tkazdi, ularda bankning barcha mintaqaviy filiallari ishtirok etdilar.


Bu tadbir sportchilar va muxlislarga ko‘tarinki kayfiyati ulasha olgan , shuningdek, do‘stlik va raqiblik ruhini uyg‘unlashtirgan haqiqiy sport bayramiga aylandi.


An’anaga ko‘ra musobaqalar boshlanishidan oldin jamoalar paradi bo‘lib o‘tdi. "Ipoteka bank" ATIB boshqaruvi raisi Atabaev Shuxrat Xoldorovich kirish so‘zidan so‘ng, ishirokchilarni jarohatlarsiz, g‘alaba uchun kurashishga chaqirdi hamda ishtirokchilarga yaxshi kayfiyat tilagan holda musobaqa boshlandi. Sportning 8 turida bellashgan ishtirokchilardan bor kuchlarini to‘plagan holda astoydil harakat qilish talab etildi. Hamma bu vazifani uddalay oldi, lekin, albatta, kimdir tezroq, aniqroq va kuchliroq bo‘lib chiqdi. Shunga qaramay, yutqazganlar bo‘lmadi.


Har bir jamoa ularga tenggi topilmasligini isbotlashga harakat qilishdi va o‘z o‘zidan raqabot ruhi shakllandi, ammo barchani sport birodarligi va korporativ birdamlik hissi birlashtirdi.

Har bir musobaqa o‘yinlari hissiyotlarga boy o‘tdi.Ayniqsa, futzal baxslari alohida shiddatli tarzda o‘tdi. Bu jarayonlarda, albatta, tomoshabinlarning qo‘llab-quvvatlashi ham o‘zi xos yordam berdi, chunki u erdagilar nafaqat o‘zlarining hamkasblari, balki yaqinlarini ham qo‘llab quvvatlayotgan edilar. Tomoboshabin sifatida ishtirokchilarning oilalari ham barcha farzandlari bilan tashrif buyurishgan edi.


Natijalar sport ustalari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport ishchilaridan tarkib topgan professional hakamlar tomonidan baholandi. O‘yinlar yakunida, ular ishtirokchilarning puxta tayyorgarlik ko‘rganliklarini va g‘alaba qozonishga bo‘lgan qat’iy irodalarini e’tirof etdilar. Olimpiya chempioni, "O‘zbekiston iftixori" unvoniga sazovor bo‘lgan Ruslan Nuriddinov bayramning faxriy mehmoni bo‘ldi.


Ipoteka bankining xodimlari ushbu sport musobaqasida sovrinlar uchun emas, balki o‘zlarini katta jamoaning ajralmas bir qismi sifatida his qilish uchun ham ishtirok etishdi. Ko‘pchilik qatnashchilar o‘z ish jamoalari uchun ishtirok etish ular uchun katta sharaf ekanligini e’tirof etishdi va shu sababli har birlari bor kuchlari bilan g‘alaba uchun kurashishdi. Har bir jamoa ularga tenggi yo‘qligini isbotlashga harakat qilishdi va o‘z o‘zidan raqabot ruhi shakllandi, ammo barchani sport birodarligi va korporativ birdamlik hissi birlashtirdi.


Strategiya va tahlil departamenti direktori Tohir Rahmonov spartakiadaning yana bir o‘ziga xos xususiyatini ta’kidladi.

-"Men ipoteka bankida bor-yo‘g‘i uch oydan beri ishlayman va musobaqalarda birinchi marta qatnashmoqdaman" dedi u. - Men ancha vaqtdan beri sport bilan shug‘ullanaman, shu bois, dekabrь oyida filiallararo spartakiada o‘tkazilishini eshitib xursand bo‘ldim. Albatta, men ishtirok etib, jamoamning etakchi bo‘lishida o‘z xissamni qo‘shishni istagandim. Ammo bunday tadbirlar sport ambitsiyalarini qondirishdan tashqari, odamlarni bir birga yaqinlashtirar ekan. Bu erda bir kun ichida men bankimizning ko‘plab xodimlari bilan tanishdim. Ish paytida bir-biringizni bilish qiyin, ammo musobaqalarda bu juda oson.