Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” АTIB ustav kapitalini 1 414,6 mlrd. soʼmga oshirdi

Nashr etilgan: 4 yanvar, 2020

2019 yil 30 dekabrda “Ipoteka-bank” АTIB 1 414,6 mlrd. soʼm miqdorida aktsiyalarning 18-qoʼshimcha chiqariluvini joylashtirdi. Chiqariluv joylashtirilgandan soʼng bankning ustav kapitali 2 817,4 mlrd. soʼmni tashkil etdi.

Аktsiyalarning qoʼshimcha chiqariluvi boʼyicha qaror Oʼzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligida 2019 yil 19 dekabrda R0775-18-son bilan roʼyxatga olingan.

Аktsiyalar, chiqariluv shartlariga asosan, Oʼzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi va Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joylashtirilgan.

Аktsiyalarning soʼnggi joylashtiriluvi 2019 yil 19 aprelda R0775-17-son bilan roʼyxatga olingan qarorga asosan 417,2 mlrd. soʼmga amalga oshirilgan edi.