Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ustozlar

Nashr etilgan: 30 sentyabr, 2019

Mamlakatimizda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami deb e’lon qilinganligi yurtimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan ustoz va murabbiylar mehnatining yuksak e’tirofi, ularga bildirilgan hurmat va e’tibor namunasidir.


Ipoteka-bank bosh ofisida ushbu bayram munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda bank Boshqaruvi Raisi ishtirok etib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, bu bayram bilan avvalambor, eng birinchi ustozlarimiz bo‘lmish ota-onalarni tabriklash kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.


Ustoz-shogird yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yosh xodimlarga o‘rgatib kelayotgan ustoz maqomidagi bir qancha xodimlarni e’tirof etib, esdalik sovg‘alari topshirdi.


Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ustozlar!