Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv boʼlib oʼtdi

Nashr etilgan: 13 mart, 2020

Joriy yilning 12 mart kuni Ipoteka-bank rahbariyati hamda Yoshlar ittifoqi kengashi Raisining oʼrinbosari Farrux Omonov bank tizimidagi mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlar bilan uchrashdi. 


Uchrashuvda Ipoteka-bank АTIB Boshqaruv Raisining birinchi oʼrinbosari Elyor Inomjonov maʼruza qilib, tizimdagi qator dolzarb masalalarga alohida toʼxtalib oʼtdi. Xususan, eng muhim masalalardan biri bank tizimiga iqtidorli, oʼz ustida muntazam ishlaydigan yoshlarni jalb qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar xususida yigʼilganlarga maʼlumot berib oʼtdi.


Chunki, dunyo boʼylab kun sayin jahon iqtisodiyotining raqamlashuvi moliya bozorini jadal rivojlanishiga turtki boʼlmoqda deya urgʼu berdi Boshqaruv Raisining birinchi oʼrinbosari oʼz maʼruzasida. Uchrashuvda yoshlarning oʼz ustida ishlashi, izlanishlarini qoʼllab-quvvatlash, mehnatiga yarasha ragʼbatlantirish masalalari boʼyicha ham atroflicha fikrlashildi. Shuningdek, oʼzaro muloqot davomida yoshlar tomonidan sohani rivojlantirishga oid takliflar, mulohazalar bildirildi. Zamonaviy bank xizmatlarini rivojlantirish, masofaviy bank xizmatlarini joriy etish yuzasidan bildirilgan takliflar qoʼllab-quvvatlandi. 

Uchrashuv soʼnggida yoshlar bilan alohida ishlashning samarali tizimini yoʼlga qoʼyish boʼyicha tavsiyalar berildi.