
Oʼzingiz va oilangiz kelajagini dadil rejalashtiring va yarating!
Ipoteka-bankning ipoteka kreditlari — bu Sizning oʼz uyingizga ega boʼlish imkoniyati.
Siz turar-joy sotib olish uchun zarur boʼlgan mablagʼni uzoq yillar davomida jamgʼarishingiz shart emas — bizda ipoteka kreditini rasmiylashtirib siz yangi kvartira yoki uyda yashashingiz mumkin. Ipoteka krediti evaziga sotib olingan turar-joy sizning oʼz mulkingizga aylanadi!
Kredit oluvchiga boʼlgan talab |
18 yoshdan oshgan, doimiy ish joyi va rasmiy daromadga ega boʼlgan jismoniy shaxs |
Kreditning maqsadi |
birlamchi (yangi) va ikkilamchi (foydalanilgan) uy-joy bozoridan hovli-joy yoki kvartira xarid qilish |
Kredit valyutasi |
soʼm |
Kredit muddati |
10 yilgacha |
Foiz stavkasi va boshlangʼich badal miqdori |
boshlangʼich badal 25% – yillik 29 foiz |
Imtiyozli davr |
6 oygacha |
Kreditning eng yuqori summasi |
- kvartira sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2500 barobarigacha - hovli-joy sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3000 barobarigacha; |
Ipoteka kreditini olishda amalga oshiriladigan xarajatlar:
· uy-joy narxini baholash xarajatlari (ikkilamchi bozor uchun);
· oldi-sotdi shartnomasi va uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish xarajatlari;
· ipoteka shartnomasini (garov shartnomasi) tuzish xarajatlari;
· uy-joyni sugʼurtalash xarajatlari;
· bank tarifiga asosan qoʼshimcha xarajatlar.
Kredit olish uchun topshiriladigan xujjatlar:
· kredit oluvchining arizasi;
· yashash joyidan maʼlumotnoma;
· pasport nusxa;
· ish joyidan soʼnggi 12 oy davomida olingan daromadlar toʼgʼrisida maʼlumotnoma;
· uy-joyni baholash hisoboti (ikkilamchi bozor uchun);
· uy-joyni dastlabki oldi-sotdi shartnomasi;
· boshlangʼich badal bankka topshirilganligi toʼgʼrisida maʼlumotnoma;
· kadastr hujjatlari;
"Ipoteka bank" ATIB - qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʼyicha arzon uy-joylar qurilishi uchun ipoteka kreditlar taklif yetadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar boʼyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʼgʼrisida”gi PQ-2639-sonli qaroriga muvofiq Respublikamiz qishloq joylarida namunaviy loyihalar boʼyicha arzon uy-joylar qurilishi belgilab berilgan.
Dastur doirasida qishloq joylarda quriladigan arzon uy-joylarning quyidagi namunalari joriy yetildi:
-xoʼjalik imoratlari va obod hovlilari boʼlgan ikki, uch qavatli koʼp kvartirali (2, 3 xonali) uylar;
-aholi zich joylashgan tumanlarda hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar boʼlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 honali uylar;
-hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,04 gektar boʼlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar;
Dasturga koʼra arzon uy-joylar - mulk huquqi bilan turar-joyi yoʼq va turar joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashaydigan oilalar, boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yashovchi oilalar, koʼp bolali oilalar, daromadi yuqori boʼlmagan oilalar, toʼliq boʼlmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan onalar (otalar), tarkibida birinchi guruh nogironi boʼlgan yoxud surunkali kasallikning ogʼir turlaridan azob chekuvchi va qonun hujjatlariga muvofiq alohida xonada yashashga yehtiyoj sezuvchi shaxs boʼlgan oilalar, shuningdek uy-joy maydoni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv.metrdan kam boʼlmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uchun 23 kv.metrdan kam boʼlmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq boʼlmagan oilalarga beriladi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi 103-sonli Nizomiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ipoteka kredit boʼyicha asosiy tushunchalar:
Ipoteka krediti - qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʼyicha uy-joy qurilishiga barpo yetiladigan uy-joy garovi ostida beriladigan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kredit;
Ipoteka kreditlari quyidagi talablarga javob beruvchi qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ga beriladi:
-qishloq joylarda yashaydigan va kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolariga;
-doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʼjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti boʼyicha hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni toʼlov jadvaliga muvofiq har oyda toʼlash uchun yetarli boʼlgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga yega boʼlgan shaxslarga;
-barpo yetilayotgan uy-joy smeta qiymatining kamida: ikki, uch qavatli koʼp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 0,02 ga yer maydonida joylashgan 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun 10 foiz hamda 0,04 ga yer maydonida joylashgan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun 25 foiz miqdorida boshlangʼich badal uchun mablagʼga yega boʼlgan shaxslarga;
Birgalikda qarz oluvchilar - qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit boʼyicha foizlarning har oydagi toʼlovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan yeri (xotini) qarz oluvchining yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari) va boshqa jismoniy shaxslar;
Boshlangʼich badal - qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 15 foiz miqdoridagi yoki maydoni 0,04 ga boʼlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar smeta qiymatining kamida 25 foiz miqdoridagi qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) yoki yuridik shaxsning qarz oluvchining ish beruvchisining qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʼyilma hisobvaragʼiga oʼtkazilgan pul mabalagʼlari shaklidagi mablagʼlari;
Kredit shartlari:
Kredit muddati - 3 yil imtiyozli davr bilan, 20 yil muddatga;
Foiz stavkasi - dastlabki 5 yil davomida yillik 7 foiz va qolgan 15 yil davomida Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorida ajratiladi.
Kredit miqdori:
-xoʼjalik imoratlari va obod hovlilari boʼlgan ikki, uch qavatli koʼp kvartirali (2, 3 xonali) uylar (arzon uy-joylar) uy-joy qiymatining 90 foizgacha;
-aholi zich joylashgan tumanlarda hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar boʼlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar (arzon uy-joylar) uy-joy qiymatining 90 foizgacha;
-hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,04 gektar boʼlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uy-joy qiymatining 75 foizgacha;
Taqdim yetiladigan hujjatlar
1) kredit buyurtmanomasi;
2) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi pasportining nusxasi;
3) yashash joyidan oila tarkibi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma;
4) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
5) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi tanlangan uy-joyni loyiha smeta qiymatining: ikki, uch qavatli koʼp kvartirali (2 va 3 xonali) uy va 0,02 ga yer maydonida joylashgan 2, 3 xonali bir qavatli uy uchun 10 foiz hamda 0,04 ga yer maydonida joylashgan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uy uchun 25 foizidan kam boʼlmagan miqdorda boshlangʼich badalning bankda jamgʼarilganligini tasdiqlovchi xujjati;
6) “Qishloq qurilish invest” MChJ injiniring kompaniyasining viloyat filiali bilan imzolangan uy-joy qurilishiga buyurtmachi funksiyasini bajarishga dastlabki shartnoma;
7) tuman hokimligi huzuridagi Komissiyaning yozma tavsiyasi.
Аmalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar
|
|