phone Ishonch telefon raqami: (78) 150-89-55

Ma'lumot uchun: (78) 150-89-56

«Ipoteka-bank» ATIB “20 dona bankomatlarni xarid qilish yuzasidan №30/19-sonli tanlov savdolari” haqida e’lon qiladi

Xarid komissiyasi ishchi organining nomi va manzili: «Inter Investment Consulting» MChJ. O‘zbekiston Respublikasi, 100017 Toshkent shahri, Yunusobod tumani, S-5, 50-uy, 7-xonadon. Telefon/faks: (+99871) 235-35-66, email: iic.utp@mail.ru.

Tanlov predmeti: 20 dona bankomatlarni yetkazib berish.

 

Tanlovning chegaraviy qiymati 160 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

 

Tanlovni o‘tkazish manzili va joyi: “Buyurtmachi” manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 30. Tel: +998 (71) 150-89-56,  +998 (71) 150-89-25.

 

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Buyurtmachi tomonidan bog‘lanadigan shaxs: Sayfutdinov Xojiakbar tel +99895-145-88-33.

 

Tanlov savdolarida chet el firmalari va tashkilotlari bilan bir qatorda, unda ishtirok etish uchun qo‘yilgan shartlarni bajargan, tanlov asosida xarid qilinayotgan mahsulotlarni tegishli hajmlarda yetkazib berish tajribasiga ega mahalliy ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) ham qatnashishlari mumkin.

 

Tanlov ishtirokchilari tanlov takliflarini muhrlangan konvertda O‘zbekiston Respublikasi, 100017 Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Ts-5, 50-uy, 7-xonadon manziliga taqdim etadi.

 

Tanlov ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilishning tugash muddati – 2019 yil 4 dekabrь, soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) belgilangan.

 

Tanlov ishtirokchilari tomonidan takliflar ushbu muddatdan kechikmagan holda taqdim etilishi lozim.

 

20 dona bankomatlarni tanlov orqali xarid qilish to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar www.xarid.uz  (9057363-son lot) maxsus axborot portalida joylashtirilgan.

 

Tanlov savdolarini o‘tkazish shartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot uchun «Inter Investment Consulting» MChJga (Umarov Timur, tel (+99897) 771-25-10) murojaat qilishingiz mumkin.

   

On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish