Bankning moliyaviy natijalari nimani anglatadi? Ipoteka bank OTP Group misolida asosiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilamiz
2025-yil Ipoteka bank OTP Group uchun barqaror o‘sish va kuchli moliyaviy natijalar yili bo‘ldi. Yil yakunlariga ko‘ra, bankning sof foydasi 1 763 mlrd so‘mni tashkil etdi. Xususiy kapital rentabelligi (ROE) 22,4% ga, aktivlar rentabelligi (ROA) esa 3,5% ga yetdi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar bankning kundalik faoliyati natijalarini aks ettiradi va bank kapital, aktivlar hamda risklarni qanchalik samarali boshqarayotganini baholash imkonini beradi.
Keling, 2025 yilning asosiy ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqamiz va ular nimani anglatishini tushuntiramiz.
Net income — bankning sof foydasi
Sof foyda bankning yil yakunidagi yakuniy moliyaviy natijasini ko‘rsatadi. Bu barcha soliqlar va majburiy xarajatlar to‘langandan keyin bank ixtiyorida qoladigan daromaddir. Ushbu ko‘rsatkich bank faoliyatining umumiy natijasini va uning operatsiyalari orqali daromad olish qobiliyatini aks ettiradi.
2025-yil yakunlariga ko‘ra, Ipoteka bank OTP Group’ning sof foydasi 1 763 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich bank biznesining ko‘lami, asosiy faoliyat samaradorligi va resurslarni boshqarish sifatini aks ettiradi.
Return on Equity (ROE) — kapitaldan foydalanish samaradorligi
Ushbu ko‘rsatkich sof foydaning bankning o‘z kapitaliga nisbati sifatida hisoblanadi va aksiyadorlar tomonidan kiritilgan har bir so‘m kapital qancha sof foyda keltirayotganini ko‘rsatadi.
2025-yil yakunlariga ko‘ra, Ipoteka bank OTP Group’ning ROE ko‘rsatkichi 22,4%ni tashkil etdi. Bu bank kapitalidan foydalanish samaradorligi hamda uning moliyaviy modelining barqarorligini tavsiflaydi.
Return on Assets (ROA) — barcha aktivlarning qay darajada samarali ishlayotganini ko‘rsatuvchi moliyaviy ko‘rsatkich
Mazkur ko‘rsatkich sof foydaning bankning jami aktivlariga nisbati sifatida hisoblanadi. Natijada olingan foiz bank boshqarayotgan barcha aktivlarning har bir so‘mi qancha sof foyda keltirayotganini ko‘rsatadi. Aktivlar tarkibiga kreditlar, investitsiyalar va bank tomonidan joylashtirilgan boshqa mablag‘lar kiradi.
2025-yil yakunlariga ko‘ra, ROA 3,5%ni tashkil etdi. Bu bankning umumiy operatsion samaradorligini ifodalaydi.
Cost of Risk — kredit risklarini boshqarish
Risk qiymati yoki Cost of Risk — bank o‘z kredit portfelining qaysi qismini ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralarni shakllantirishga yo‘naltirayotganini aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir.
Bu ko‘rsatkich ma’lum bir davrdagi zaxiralar miqdorini kredit portfelining o‘rtacha hajmiga nisbati orqali hisoblanadi va foizda ifodalanadi.
Shu tariqa, bu ko‘rsatkich bank uchun muammoli kreditlarning qiymatini aks ettiradi. Agar qarz oluvchilar kreditlarni qaytarishda qiyinchiliklarga duch kelsa, bank ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun oldindan zaxiralar shakllantiradi.
Bank uchun ushbu ko‘rsatkich muhim, chunki u kreditlash sifati va risklarni boshqarish darajasini aks ettiradi. Risk qiymati qanchalik yuqori bo‘lsa, kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun shunchalik ko‘p mablag‘ ajratiladi.
2025-yil yakunlariga ko‘ra, Cost of Risk 0,58%ni tashkil etdi.
Biznes hajmi o‘sib borayotgan sharoitda ushbu ko‘rsatkichning past va nazorat ostida saqlanishi bankning muvozanatli kredit siyosati hamda kredit risklarini samarali boshqarayotganidan dalolat beradi.
Mijozlar sezgan o‘zgarishlar (NPS va Mystery Shopping)
Mijozlar sodiqligi indeksi — NPS 28% dan 66,8% gacha oshdi. Bu bankni boshqalarga tavsiya qilishga tayyor bo‘lgan mijozlar soni sezilarli darajada ko‘payganini anglatadi.
Mystery Shopping ko‘rsatkichi esa filiallarda ko‘rsatilayotgan xizmat sifati darajasini aks ettiradi. Ushbu ko‘rsatkich 66% dan 80% gacha oshdi.
Bu natijalar xizmat ko‘rsatish jarayonlari va standartlarida amalga oshirilgan o‘zgarishlar aniq natija berganini hamda mijozlar tomonidan sezilayotganini ko‘rsatadi.
Xalqaro maqom va e’tirof
Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng yirik bank guruhlaridan biri bo‘lgan OTP Group tarkibiga kirgan holda, Ipoteka bank OTP Group biznesni xalqaro boshqaruv standartlari, shaffoflik va moliyaviy intizom asosida rivojlantirmoqda.
2025-yil yakunlariga ko‘ra, OTP Group’ning sof foydasi 2,88 mlrd yevroni tashkil etdi. Kapital rentabelligi 21,6% ga yetdi. Soliqdan keyingi yillik foyda 7% ga oshdi, bu asosan operatsion foydaning 10% ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi.
Bankning muvaffaqiyatlari xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda. 2024–2025 yillarda Ipoteka bank OTP Group 15 dan ortiq xalqaro va mintaqaviy mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
Ular orasida:
-
«O‘zbekistonda yil banki 2025» — The Banker nashri talqiniga ko‘ra
-
«2025 yilning eng yaxshi chakana banki» va «O‘zbekistonda ESG bo‘yicha eng yaxshi bank» — Euromoney talqiniga ko‘ra
-
«ESG dasturi — 2025 yil» — Asian Banking & Finance Retail Banking talqiniga ko‘ra.
Ushbu baholar tanlangan strategiyaning barqarorligini va amalga oshirilgan ishlar sifatini tasdiqlaydi.
Jamiyatga hissa va xodimlarning rivojlanishi
2025-yilda bank ijtimoiy va homiylik tashabbuslariga 1 million dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi. Bu jamiyat oldidagi mas’uliyatimiz va doimiy faoliyatimizning bir qismidir.
10 ta BYD Seagull elektromobili Respublika tez tibbiy yordam markaziga topshirildi.
«Yashil hudud» dasturi doirasida mamlakat bo‘ylab 38 mingdan ortiq daraxt ekildi.
O‘zbekiston aholisi uchun 20 dan ortiq bepul kurslardan iborat Bilimxona ta’lim platformasi ishga tushirildi.
Parkent, Nukus va Jizzax shaharlarida zamonaviy raqamli ta’lim maskanlari ochildi.
Rivojlanish bank jamoasini ham qamrab olmoqda.
«O‘z maoshingizni oshiring» dasturi xodimlarga Coursera, Udemy va LinkedIn Learning platformalarida ta’lim olish, bilimlarini sertifikatlar bilan tasdiqlash va daromadlarini oshirish imkonini berdi.
Shartlar sodda:
10 ta kurs + 10 ta sertifikat = ish haqiga 10% qo‘shimcha.
Dastur birinchi bosqichining yakunlariga ko‘ra, 215 nafar xodim 10 ta va undan ortiq sertifikat olib, o‘z maoshlarini oshirishga erishdi.
Bundan tashqari, Ipoteka bank OTP Group mamlakatda birinchi bo‘lib tibbiy sug‘urtani barcha xodimlar uchun joriy etdi, bu esa jamoani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida bankning yetakchi pozitsiyasini tasdiqlaydi.
Biz qayerga harakat qilmoqdamiz
Bizning strategik maqsadimiz — mijozlar uchun asosiy bankka aylanish. Bu shuni anglatadiki, mijozlar bizni faqat bitta xizmat uchun emas, balki asosiy moliyaviy qarorlar uchun ham tanlaydi.
Transformatsiya bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda:
-
asosiy kredit bankiga aylanish
-
asosiy tranzaksion bankga aylanish
-
mijozlar uchun yetakchi asosiy bankga aylanish
2026-yilda asosiy e’tibor strategik maqsadga erishishning navbatdagi bosqichi sifatida tranzaksion yo‘nalishni rivojlantirishga qaratiladi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar strategiya, boshqaruv sifati va biznes barqarorligini aks ettiradi. Har bir ko‘rsatkich ortida bank xodimlarining kundalik mehnati, ularning professional yondashuvi va barcha darajadagi mas’uliyati turadi.
Ipoteka bank OTP Group natijalari — bu avvalo insonlardir. Aynan ularning qarorlari, tafsilotlarga e’tibori va fidoyiligi keyinchalik foizlar va hisobotlarda aks etadigan natijani shakllantiradi.
Biz jamoamizga umumiy natijaga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Aynan shu mehnat tufayli bank bozordagi pozitsiyasini mustahkamlamoqda, xizmat sifatini oshirmoqda va oldinga ishonch bilan harakat qilmoqda.