Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Barqarorlik bo'yicha hisobot

Barqarorlik bo'yicha hisobot 2023

Barqarorlik bo'yicha hisobot 2023

“Ipoteka Bank” ilk bor Barqarorlik hisobotini ishlab chiqishda ishtirok etdi. Hisobot GRI (Global Reporting Initiative) standartlariga muvofiq shakllantirildi. OTP guruhining yillik integratsiyalashgan hisoboti shakllantirilishi uchun tegishli ma'lumotlarni taqdim etish maqsadida, hisobot uchun ma'lumotlar yig'ish bank turli tarkibiy yo'nalishlari bo'yicha amalga oshirildi. Barqaror rivojlanish nuqtai nazaridan, biz uglerod izini kamaytirish bo'yicha ba'zi chora-tadbirlarni aniqlash uchun birinchi marta bankning asosiy issiqxona gazi emissiyasi statistikasini ko'rib chiqdik. Shu bilan barobarda, bu orqali biz uglerod neytral bank bo‘lishdek asosiy maqsadimizga erishish yo’lida o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz.

Hisobotni o‘qing: OTP Group’ning barqarorlik bo’yicha natijalari haqida batafsil o‘qish uchun, bu yerga bosing va Yillik Integratsiyalashgan Hisobotning 84-betidan boshlab to‘liq hisobotni o‘qing.

Barqarorlik bo'yicha hisobot 2024

Barqarorlik bo'yicha hisobot 2024

OTP Group tarkibiga kiruvchi Ipoteka Bank o‘zining 2024 yil uchun Integratsiyalashgan hisobotini e’lon qildi. Ushbu hisobot Korporativ barqarorlik bo‘yicha hisobot berish to‘g‘risidagi direktiva (CSRD) talablariga muvofiq tayyorlangan. Bu — bankning Integratsiyalashgan hisobot tayyorlashdagi ikkinchi yillik ishtiroki bo‘lib, 2024 yilgi hisobot ilk bor Yevropa Ittifoqining yangi barqarorlik bo‘yicha hisobot talablari bilan to‘liq mos keladi.

Moliyaviy hisobot doirasidagi "Barqarorlik" bo‘limida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar yoritilgan: yashil moliyalashtirish va iqlimga moslashuv, kiberxavfsizlik, ma’lumotlarni himoya qilish, moliyaviy savodxonlik, mijozlar uchun qulaylik va ekologik mas’uliyat. Ushbu hisobot Ipoteka Bankning oshkoralik, javobgarlik va uzoq muddatli qiymat yaratishga bo‘lgan sodiqligini namoyon etadi — mijozlar, hamkorlar, xodimlar va jamiyat uchun.

To‘liq hisobot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
Integrated Report

Barqarorlik bo'yicha hisobot