Faktoring — bu Yetkazib beruvchilar uchun moliyaviy xizmatlar majmui. Jumladan, debitorlik qarzdorliklaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bo'yicha moliyalashtirish, to'lovlar hisobini yuritish va nazorat qilish, Xaridorlardan to'lovlarni undirish, shuningdek, regress huquqisiz faktoringda Xaridor tomonidan to‘lov amalga oshirilmaslik xavfidan himoya qilish kabi xizmatlarni o’z ichiga oladi.
Yetkazib beruvchi uchun faktoring
Debitorlik qarzdorliklarini moliyalashtirish
- • 90 kunlik kechiktirib to‘lash davri
- • Regress huquqi bilan va regress huquqisiz
- • Garovsiz
- • Maqsadli foydalanishsiz
- • Tovar jo'natilgan kunda moliyalashtirish
- • Hisob-fakturaning 100% gacha to‘lov
- • Yetkazib beruvchi va Xaridor – O‘zbekiston rezidentlari

Xaridordan to'lovni 30–90 kun kutmang — mahsulotingiz uchun pulni bugun oling.
Xaridor uchun faktoring
Kreditorlik qarzlarini moliyalashtirish
- • Kechiktirish to‘lov muddatini uzaytirish
- • Xarid qilish, ishlab chiqarish va tijorat sikllarini moliyaviy oqimlar bilan muvofiqlashtirish
- • Ta'minot zanjirini samarali boshqarish va Yetkazib beruvchilar bazasini kengaytirish
- • To‘lovni kechiktirish: 90 kungacha
- • Imtiyozli davr: 30 kun
Xom ashyo, materiallar yoki tovarlarni kechiktirib to‘lash shartlari bilan oling — Ipoteka-bank yetkazib beruvchilaringizga 100% oldindan to‘lovni amalga oshiradi.
Buyurtma qoldiring:
-
1
Ariza
Aloqa ma’lumotlaringizni qoldiring
-
2
Konsultatsiya
Mutaxassisimiz konsultatsiya uchun siz bilan bog‘lanadi.