Ipoteka-bank OTP Group “Bilimxona” loyihasini kengaytirmoqda: V. Uspenskiy nomidagi musiqiy maktabda yana bir raqamli kutubxona ishga tushirildi
Nashr etilgan: 23 sentyabr, 2025
Ipoteka-bank OTP Group O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda. Bu safar bank Respublika ixtisoslashtirilgan musiqiy akademik litseyi — V. Uspenskiy nomidagi maktabdagi kompyuter sinfini to‘liq yangiladi hamda o‘quvchilarga Osnova bilan hamkorlikda yaratilgan Bilimxona bepul onlayn platformasidan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi. Ushbu platforma orqali mamlakatning istalgan burchagidan dolzarb va zamonaviy kurslarga kirish imkoni mavjud.
Yangilangan raqamli sinf musiqa va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan: bu yerda o‘quvchilar musiqani yaratish va tahrirlash bo‘yicha professional dasturlarni o‘zlashtirishadi.
Ipoteka-bank OTP Group Boshqaruvi raisining o‘rinbosari Dmitriy Sapronov shunday dedi:
“Bilimga sarmoya kiritish — bu kelajakka sarmoya kiritish demakdir. Bilimxona orqali biz barcha o’quvchilar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishga harakat qilmoqdamiz. Bizning asosiy maqsadimiz — mamlakatning har bir fuqarosi yashash joyidan yoki daromad darajasidan qat’i nazar, o‘rganishi, rivojlanishi va yangi imkoniyatlarni topishi uchun zarur sharoitlarni yaratishdir.”
Maktab direktori Zoir Zairov esa quyidagilarni qo‘shimcha qildi:
“Ipoteka-bank OTP Group’ga bizning o‘quvchilarimiz rivoji yo‘lidagi yordami va hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ushbu sinf har bir bolaning salohiyatini ochib berishga xizmat qiladi.”
Ushbu loyiha orqali bank: taraqqiyot — iste’dodga ishonish va bilim olish imkoniyatidan boshlanishiga ishonadi.
Bilimxona platformasi haqida:
Platforma sun’iy intellekt (ChatGPT, Midjourney), dizayn (Figma, Tilda), Excel, marketing, HR va boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarni taklif etadi. Ta’lim bepul, rus va o‘zbek tillarida olib boriladi, kurs yakunida sertifikatlar beriladi. Platformada kasb tanlash testi, sun’iy intellekt asosidagi murabbiy, virtual rekruter bilan sinov suhbatlari mavjud.
O‘qishni quyidagi havola orqali boshlash mumkin: https://osnovaedu.uz/otp-bilimxona/uz